» » Xitoyda so‘nggi sutkada 68 kishida, Janubiy Koreyada esa 28 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda so‘nggi sutkada 68 kishida, Janubiy Koreyada esa 28 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 68 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 34 ta holat aniqlandi, bemorlarning 16 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Aniqlangan yangi kasallanish holatining 64 tasi mamlakatning o‘zida (57 tasi — Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida, Lyaonin provinsiyasida — 6 ta, Pekinda — 1 ta) qolgan 4 tasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 959 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 934 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 391 kishi davolanishda qolmoqda.

Bir kun avval Xitoyda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 61 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 44 ta holat aniqlangan edi.

Mavzuga doir: JSST rahbari dunyoda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotganini ma’lum qildi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 28 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 14 203 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Regnum”.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 23 tasida virus chetdan yuqtirilgan. Shu bilan birga, sutkalik qayd etilgan holatlar ketma-ket ikkinchi kun 30 kishidan pastroq ko‘rsatkichni qayd etdi.

Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyada COVID-19’dan tuzalganlarning umumiy soni 13 007 nafarga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda yana bir bemor koronavirusdan vafot etgan. Shunday qilib, Janubiy Koreyada COVID-19 qurbonlari soni 300 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: KXDR birinchi marta COVID-19’ga gumonlanish holati haqida xabar berdi, Keson shahri karantinga to‘liq yopildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют