» » Lautaro Martines A Seriyada shaxsiy rekordini o‘rnatdi

Lautaro Martines A Seriyada shaxsiy rekordini o‘rnatdi


Milanning “Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martines A Seriyaning 37-turida doirasida o‘tkazilgan “Napoli”ga qarshi o‘yinda (2:0) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Bu 22 yoshli argentinalik futbolchi uchun Italiya chempionatining ushbu mavsumidagi 14-gol bo‘ldi.

Shu tariqa Lautaro milliy chempionatlarda gol urish borasida shaxsiy rekordini o‘rnatdi. Bundan oldin u 2017/18-yilgi mavsumda Argentinaning “Rasing” jamoasi safida 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

2019/20-yilgi mavsumda u A Seriyaning 34 ta uchrashuvida maydonga tushib 14 ta goldan tashqari, 7 ta golga hammualliflik qildi.

Qayd etish joiz, Lautaroning xizmatlariga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning “Inter” bilan shartnomasi 2023-yil 30-iyunida yakuniga yetadi. Futbolchining tovon puli 111 million yevro qilib belgilangan.

Lautaro Martinesning eng sara gollari to‘plamini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: Lautaro yoki Neymar? “Barselona”ga kim ko‘proq zarur?

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют