» » O‘zbekiston xalqaro tashkilot va jamg‘armalardan koronavirusga qarshi kurash uchun 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ olgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston xalqaro tashkilot va jamg‘armalardan koronavirusga qarshi kurash uchun 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ olgani ma’lum qilindi


O‘zbekiston pandemiya vaqtida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasidan koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 milliard dollardan ortiq kredit olgan. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jahon banki tomonidan Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qo‘shimcha moliyalashtirish sifatida 200 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 1,2 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,88 foiz o‘zgaruvchan spred) ajratildi.

Shu bilan birga, Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 375 million AQSh dollari ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratildi.

Imtiyozli kreditlar o‘z ichiga 10 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 125 million AQSh dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi va 5 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) 250 million AQSh dollari 1,05 foiz o‘zgaruvchan stavkadagi tezkor moliyalashtirish instrumentini oladi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 million AQSh dollari miqdoridagi budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit 15 yilga (shundan, 3 yil imtiyozli) 0,84 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,5 foiz) ajratildi.

Ta’kidlanishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablag‘larni prezidentning hamda hukumatning tegishli farmon, qaror va ko‘rsatmalariga asosan ajratilmoqda hamda mazkur ajratilgan mablag‘larning sarfi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar Moliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda e’lon qilinib kelinmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют