» » FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi


FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar qilmoqda The Independent.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan haftada Infantino va Shveysariyaning sobiq bosh prokurori Maykl Lauber o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish uchun yangi prokuror tayinlangan.

O‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan sud jarayonida Lauber 2017-yilda Infantino bilan uchrashgani va buni kuzatuvchilardan yashirgani ma’lum bo‘lgandi. Uning jamoasi o‘sha vaqtda FIFAga doir korrupsiya ishi bilan shug‘ullanayotgandi. Ta’kidlanishicha, Lauber va Infantino kamida uch marta uchrashgan.

Lauber bu ayblovlarni inkor etmoqda.

Infantino va Lauber ishini tergov qilishga jalb qilingan maxsus prokuror Stefan Keller maxfiy uchrashuvlarda jinoiy harakatlar alomatlarini aniqlagan.

Mavzuga doir: Yozef Blatter: “Infantino juda takabbur. U futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi”

Shuningdek, Vale okrugi bosh prokurori Rinaldo Arnoldga nisbatan ham jinoiy ish ochilgan. Organ xodimlarida Infantino va Arnold mamlakat bosh prokurori Lauber bilan maxfiy uchrashuvlarda ishtirok etgani haqida ma’lumotlar bor.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Zepp Blatter tashkilotchilik bilan bog‘liq korrupsiya ishi sabab FIFA prezidentligidan ketishga majbur bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют