» » FIFA prezidenti Janni Infantino Eronda futzal o‘ynaydi va Jeparov ishtirokidagi o‘yinni kuzatadi

FIFA prezidenti Janni Infantino Eronda futzal o‘ynaydi va Jeparov ishtirokidagi o‘yinni kuzatadi


FIFA prezidenti Janni Infantino ertaga — 1-mart kuni Tehronga tashrif buyuradi. Bu haqda “Championat.asia” fors nashrlariga asoslanib xabar berdi.

Infantino Eron futbolining 100 yillik yubileyida ishtirok etadi va fors futboli bilan yaqindan tanishadi. Katta ehtimol bilan u mamlakat rahbari Hasan Ruhoniy bilan ham rasman uchrashadi.

Osiyoda mashhur bo‘lgan “Ozodi” stadionida aynan 1-mart kuni Tehron derbisi bo‘lib turadi. Unda mamlakatning ikki yetakchi jamoasi — “Persepolis” hamda “Istiqlol” o‘zaro kurash olib boradi. Infantino mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qiladi. Qayd etish kerak, “Istiqlol” safida o‘zbekistonlik Server Jeparov to‘p suradi.

Tehronga tashrifning yana bir ahamiyatli tomoni bor. Unga ko‘ra, Janni Infantino Eron futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzlari bilan futzal o‘ynaydi. U avvalroq FIFA qarorgohidagi kichik stadionida dunyo futboli yulduzlari bilan ham futzal o‘yinida ishtirok etgandi. Bu safar Infantinoning atrofida Ali Dayi, Xodadod Aziziy, Mehdi Mahdavikiya, Karim Bageriy, Sirus Dinmuhammadiy, Javod Nekunam, Farhad Majidiy, Hamid Estiliy kabi fors yulduzlari bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют