» » Urganchda koronavirusga chalingan bemorlar uchun maxsus davolash markazlari tashkil etilmoqda

Urganchda koronavirusga chalingan bemorlar uchun maxsus davolash markazlari tashkil etilmoqda


Xorazm viloyati Urganch shahrida koronavirus yuqtirib olgan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlar tashkil etilmoqda, deya xabar berdi shahar hokimligi axborot xizmati.

Xususan, Olimpiya zaxiralari kollejining 4 ta katta binosidagi sport zallari davolash maskaniga aylantirilyapti. Umumiy hisobda 708 nafar bemorga o‘rin tayyorlanib, ularning salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 30-iyul soat 23:45 da bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xorazm viloyatida shu vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 374 tani tashkil etmoqda. Bemorlarning 1 nafari vafot etgan, 312 nafari sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda ham shunday majmualar davolash maskaniga aylantirilyapti. Xususan, Uchtepa tumanida joylashgan Atlas mebel markazida koronavirusga qarshi kurash doirasida navbatdagi taqsimlash markazi tashkil etilmoqda.

Ayni paytda Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz”ning 3-pavilyonida 1000 o‘rinlik maxsus markaz faoliyat yuritmoqda (mas’ul – Toshkent shahar hokimligi). Shuningdek, 1 va 2-pavilyonlarda yana 814 ta koyka tayyorlanmoqda (mas’ul – Mudofaa vazirligi gospitali).

Bundan tashqari, yaqin 2-3 kun ichida Yunusoboddagi gimnastika saroyida 750 o‘rinli (mas’ul – IIV gospitali), Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasida 520 o‘rinli (mas’ul – DXX gospitali) birinchi tibbiy yordam markazlari foydalanishga topshirilishi kutilyapti.

Sergeli tumanidagi 2-son BO‘SM 250 o‘rinli davolash maskani etib qayta jihozlanyapti.

Bundan avval O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasi va Chilonzor tumanidagi Cardio Star Plus xususiy klinikasi (50 ta o‘rin) ham koronavirusga gumon qilinganlarni vaqtincha saqlash maskanlariga aylantirilgani aytilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют