» » “Bu yordam o‘zini qiynalib qolgan deb hisoblaganlarning barchasiga emas”. Toshkentda 30—31-iyulda “temir daftar”dagi oilalarga 25 mlrd so‘m tarqatildi

“Bu yordam o‘zini qiynalib qolgan deb hisoblaganlarning barchasiga emas”. Toshkentda 30—31-iyulda “temir daftar”dagi oilalarga 25 mlrd so‘m tarqatildi


O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus farmoyish chiqargani, unga ko‘ra hududlarda ehtiyojmand oilalarga ikki kun ichida bir million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam puli berilishi haqida xabar berilgan edi. Xususan, Toshkent shahridagi muhtoj oilalarga jami 25 milliard so‘m tarqatilishi ko‘zda tutilgani aytilgan edi.

1-avgustga o‘tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani “Humo” mahallasida yuzaga kelgan mojaroli holatning videolari tarqaldi.

Mavzuga doir: Video: Sergelida aholi va mahalla ma’muriyati o‘rtasida 1 mln so‘mlik naqd pul yordami ustida yuzaga kelgan mojaro

Unda, jumladan, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi vakillari mahalla ma’muriyatini davlat tomonidan ajratilgan naqd pul ko‘rinishidagi moddiy yordamni tarqatishda adolat va shaffoflik mezonlariga rioya qilmaganlikda ayblayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev izoh berdi.

Vazirlar Mahkamasining 29-iyul kuni chiqargan farmoyishiga asosan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlariga ikki kun muddatda ajratilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston “Saxovat va ko‘mak” fondi orqali hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatilishini ta’minlash vazifasi yuklangan.

Toshkent shahriga 25 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu 25 milliard so‘m 30 va 31-iyul kunlari moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, xalq tili bilan aytganda “temir daftar”ga kiritilgan oilalarga tarqatib berildi. Ta’kidlash joiz, mahallalardagi moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari har bir sektor nazoratga olgan “temir daftar”larga kiritilgan.

Afsuski, targ‘ibot-tashviqot ishlari yetarli darajada o‘tkazilmagani, ommaviy axborot vositalarida bu masalani keng yorita olmaganimiz sababli, fuqarolar orasida “ushbu moddiy yordam o‘zini qiynalib qolgan deb hisoblagan barchaga tarqatiladi”, degan tasavvur paydo bo‘lgan.

“Temir daftar”lar — moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari shaffofligini ta’minlash uchun saxovat.argos.uz tizimi ishga tushirilgan. Aynan mana shu tizimga kiritilgan muhtoj oilalarga ko‘mak pullari tarqatildi. Boshqa masalalar bo‘yicha tuman hokimliklari, sektorlar rahbarlari fuqarolar qabulini o‘tkazib, kimga beriladi, kim qanday muhtoj ekanligi to‘g‘risida amaliy ishlar olib bormoqda.

“Saxovat va ko‘mak” fondi orqali “temir daftar”larga kiritilgan oilalarga yordam ko‘rsatiladi. Toshkentda “temir daftar”ga kiritilgan 20 841 oila ro‘yxati o‘zgarib turadi. Tuman hokimliklari, sektor rahbarlariga ro‘yxatni doimiy yangilab borish bo‘yicha topshiriq berilgan. Bu, ayniqsa, karantin cheklovlari kuchaygan, ko‘pchilik ishsiz, yonida mablag‘i qolmagan hozirgi paytda juda muhim.

Furqat Mahmudxo‘jayev, Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi

Qayd etish joiz, ko‘makka muhtoj oilalarga yordam puli ajratilishi haqidagi xabarlarga izoh berarkan, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Akmalxon Ortiqov: “Pullarni qaysidir bir idoraning kichik xodimi yoki kassiriga ishonib topshirib qo‘yganmiz yo‘q, davlatning vakolatli odamlariga ishonib topshirildi bu pullar”, degandi.

Ortiqov oziq-ovqat to‘plami yoki dori-darmon shaklida moddiy yordam tarqatishda kamchiliklar uchragani, “hamma mas’ullar ham bu masalaga vijdon bilan yondashmayotgani” uchun, bir martalik moddiy yordam pullarini naqd pul shaklida tarqatishga qaror qilinganini aytib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют