» » O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi

O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga jami 150 mlrd so‘m moddiy yordam tarqatiladi


O‘zbekiston hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, buning uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 150 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.

Ushbu mablag‘ hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.

Avvalroq Qashqadaryoda 20 mingta ehtiyojmand oilaga bir million so‘mdan naqd pul tarqatilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qancha aholi kambag‘al ekanligi ma’lum qilindi

Eslatib o‘tamiz, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 30 mingta muhtoj oila kuz—qish mavsumida oziq-ovqat va dori-darmon bilan ta’minlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Aprel oyida “Xavfsiz yordam” loyihasi doirasida O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ming nafar ayolga 1 million so‘mdan o‘tkazib berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют