» » O‘zbekistonda moddiy yordam pullarini tarqatishda qonunbuzarliklar yuz bersa, prokuraturaga murojaat qilish tavsiya etildi

O‘zbekistonda moddiy yordam pullarini tarqatishda qonunbuzarliklar yuz bersa, prokuraturaga murojaat qilish tavsiya etildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyul kuni “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Farmonga ko‘ra, pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam puli berilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali moddiy yordam tarqatilishi, buning uchun jami 150 milliard so‘m ajratilishi, naqd pul ko‘rinishidagi moddiy yordam pullarini ikki kun ichida tarqatib bo‘lish lozimligi haqida xabar berilgan edi (xuddi shu farmoyish ijrosi doirasida Toshkent shahrida 30—31-iyul kunlari “temir daftar”lardagi muhtoj oilalarga jami 25 milliard so‘m tarqatilgan.

Shu bilan birga 31-iyul oqshomidan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda joylarda aholi qatlamlariga moddiy yordam puli ajratilishi jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani haqidagi xabarlar, videolar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, idora tomonidan Prezident farmoni ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida maxsus shtab tuzilib, aniq tadbirlar belgilangan hamda hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborilgan.

“Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qa’tiy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida. Shu bilan birga, bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilish so‘ralgan (murojaat uchun telefonlar):

“Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni so‘rab qoladi. Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Mavzuga doir: “Bu yordam o‘zini qiynalib qolgan deb hisoblaganlarning barchasiga emas”. Toshkentda 30—31-iyulda “temir daftar”dagi oilalarga 25 mlrd so‘m tarqatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют