» » Alyaskada ikki samolyotning to‘qnashuvi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Alyaskada ikki samolyotning to‘qnashuvi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi


Amerikaning Alyaska shtatida ikkita samolyot havoda to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi Anchorage Daily News.

DHC-2 Beaver va Piper PA-12 bir motorli samolyotlari Kenay yarimorolidagi Soldotna shahri aeroporti yaqinida bir-biri bilan to‘qnashib ketgan. Halok bo‘lganlar orasida Alyaska qonun chiqaruvchi quyi palatasi a’zosi Geri Knopp ham bor. U samolyotlardan birining ichida bo‘lgan. Ikkinchi samolyotda esa olti kishi — kanzaslik uchuvchi va Janubiy Karolinada yashovchi oila bo‘lgan.

Olti kishi voqea joyida, yana bir kishi shifoxonaga ketishda tez yordam mashinasi ichida vafot etgan. Samolyot qoldiqlarining aksariyat qismi shosse bo‘ylab sochilgani sabab, yo‘l vaqtincha yopib qo‘yilgan.

Avvalroq Somalida gumanitar yuklarni olib kelgan samolyot qo‘rqib ketgan eshaklar sabab falokatga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Turkiyada razvedka samolyoti qulashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют