» » Xitoy Superligasi. “Shanxay SIPG” legionerlarning gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi

Xitoy Superligasi. “Shanxay SIPG” legionerlarning gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Xitoy chempionatining 2-turida “Shanxay SIPG” 2-avgust, yakshanba kuni “Xebey Chayna Forchun” jamoasini qabul qildi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Marko Arnautovich shanxayliklarni oldinga olib chiqdi, ikkinchi bo‘lim debyutida avstriyalik futbolchi dublini nishonladi.

72-daqiqada Rikardo Lopes hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda braziliyalik futbolchi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.

O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushib, 60-daqiqada zaxiraga olindi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Shanxay SIPG” ochkolarini 6 taga yetkazib B guruhi “Beyjin Goan” bilan birga yetakchilik qilmoqda.

Xitoy Superligasi

2-tur bahsi

2-avgust, yakshanba

Gollar: 1:0 – 45 Arnautovich, 2:0 – 48 Arnautovich, 3:0 – 72 Rikardo Lopes, 4:0 – 90 Rikardo Lopes

“Shanxay SIPG”: Yan Szyunlin, Van Shenchao, Shi Ke, He Guan, Vey Jen, Lyuy Venszyun (Yuy Xay, 74), Oskar, Arnautovich (Say Hueykan, 75), Miraxmetjan Muzepper, Odil Ahmedov (Lin Chuan’i, 60), Rikardo Lopes.

“Xebey Chayna Forchun”: Chi Venyi, Lyu Szin, Jen Han, Memishevich, Chao Yuyxao, Pan Simin, Chan Chendun, Rikardo Golart, Syuy Tyanyuan (Fen Gan, 59), Dun Syueshen, Markao.

Ogohlantirish: Pan Simin (58).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют