» » Uber uchar taksilarning ilk parvozlari 2020-yilda amalga oshirilishini e’lon qildi

Uber uchar taksilarning ilk parvozlari 2020-yilda amalga oshirilishini e’lon qildi


Uber vertikal uchish va qo‘nish texnologiyasi asosidagi uchar apparatlarning ishlab chiqarilish muddatlarini ma’lum qildi. Kompaniya uchar taksilar taqdimotini 2020-yilda o‘tkazishni va uch yildan so‘ng kemalarni to‘liq ishga tushirishni maqsad qilmoqda. Bu haqda Bloomberg nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.

Kompaniyaning rejalari haqida Elevate summit konferensiyasida ma’lum qilindi. Mahsulotlar bo‘yicha direktor Jeff Xoldenning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ko‘rgazmali parvozlarni Dubay va Dallas shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ikki shaharda elektr dvigatelli yengil samolyotlar sinovi 2020-yilga mo‘ljallangan. Uber’ning hisob-kitobiga ko‘ra, uchar taksilar yordamida shaharning zich hududlarida yo‘l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqadan 5 daqiqagacha qisqaradi.

Uber uchar apparatlarni ishlab chiqarish, quvvatlash tizimini ishlab chiqish va kichik qo‘nish bekatlarini qurish bilan yolg‘iz o‘zi shug‘ullanmaydi. Kompaniya samolyot ishlab chiqaruvchilar, zaruriy infratuzilma va ko‘chmas mulk agentliklari orasidan hamkorlar topgan.

Uber loyiha doirasida NASA, shuningdek Dallas va Dubayning transport sohasidagi rasmiylari bilan hamkorlik boshlanganini ma’lum qildi. Kompaniya Texasda uchish va qo‘nish uchun yer uchastkalarini tanlashga e’tibor qaratdi. BAA amaldorlari transport vositasining eng maqbul harakat yo‘nalishlarini tadqiq qilish va haydovchilarning ish haqini moliyalashtirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 105) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют