» » Abadiy klassika: Hech qachon modadan qolmaydigan 7 narsa

Abadiy klassika: Hech qachon modadan qolmaydigan 7 narsa


Muvaffaqiyatli moda tendensiyalari fonida yillar o‘tsa-da o‘zgarmas narsalar mavjud. Quyida ular haqida so‘z yuritiladi.   

Kalta qora ko‘ylak

Ro‘yxatning eng avvalida kalta qora ko‘ylak turadi. Bu libosni 1926-yilda Koko Shanel o‘ylab topgan. Matoni turli shaklga solib, bezatilsa-da, ammo qora rang o‘z mohiyatini yo‘qotmaydi.

Oq bluzka 

Bugun sizning garderobingizni egallagan oq ko‘ylak XIX asrda dastlab erkaklar kiyimi sifatida sotilgan. Hozirda klassik uslubdagi oq ko‘ylak ofisbop kostyum-shim, mini yubka, baland poshnali oyoq kiyim yoki krossovkalar bilan juda mos tushadi.

Plash

Dastlab Britaniyada 1901-yilda fabrika ishlab chiqaruvchisi Tomas Barberri tomonidan ingliz armiyasi uchun plash tikiladi. Qulay, shamol va yomg‘irga chidamli bu plash piyoda askarlar uchun mo‘ljallangan edi. Keyinchalik aholi orasida ham mashhur bo‘ladi. Plashning ayollar uchun varianti 1950-yillarda paydo bo‘lgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Tufli

Zamonaviy shakldagi ayollar tuflisi Christian Dior moda uyida ishlagan dizayner Roje Vivye tomonidan o‘ylab topilgan. Bu oyoq kiyimining asosiy xususiyati, xushbichim, hech qanday bezaksiz, uchi qirrali ekanligida. Agar siz besh yo o‘n yildan keyin ham mos keladigan poyabzal olmoqchi bo‘lsangiz, bu shubhasiz, tuflilardir.

 

Ipak sharflar

Sharflar har doim mavjud bo‘lgan. Ammo ipak sharf modasi Hermes tomonidan ishlab chiqarilgan. U o‘zining birinchi brendini 1937-yilda chiqargan. Keyinchalik uning markasida minglab sharflar yaratilgan. Uni shlyapa bilan bezab yoki turli xil o‘rash orqali yangicha uslub yaratish mumkin. U hali yillar davomida ayollar uchun xizmat qiladi.

Jundan tikilgan lakonik jemper

Jundan tikilgan har qanday kiyim ko‘p yillar sizga xizmat qiladi. Ayniqsa qishning izg‘irin kunlarida issiqqina jundan qilingan bo‘yinli jemper garderobingizdagi sevimli kiyimlar qatoridan joy olishi shubhasiz.

Palto

Hech qachon urfdan qolmaydigan palto sizga uzoq vaqt ximat qilishi uchun kashmir, alpaka yoki tuya junidan tayyorlanishi kerak. Palto uchun klassik ranglar – qora, kulrang, to‘q ko‘k va jigarrang.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют