» » Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurilishida budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurilishida budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi


Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 1 milliardga yaqin budjet mablag‘larini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Daryo”ga Bosh prokuratura.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali va “S.M.” MChJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, Xovos tumani “Xovos markazi” mavzesida 1 ta ko‘p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 947 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют