» » Rasman: Aleksis Sanches “Inter” futbolchisiga aylandi

Rasman: Aleksis Sanches “Inter” futbolchisiga aylandi


Transferi huquqi “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan chililik futbolchi Aleksis Sanches faoliyatini to‘laqonli tarzda “Inter”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda milanliklar matbuot xizmati xabar berdi.

31 yoshli futbolchi “Inter” bilan 2023-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan bitim imzoladi. Qayd etilishicha, milanliklar Sanchesni tekinga qo‘lga kiritdi. Aleksis “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini bekor qilgan holda “Inter” bilan erkin agent sifatida shartnoma tuzgan.

Avvalroq Sanchesning “Inter”da yiliga 7 million yevro maosh olishi ma’lum bo‘lgandi.

Aleksis Sanches 2019/20-yilgi mavsumni ijara asosida aynan “Inter” safida o‘tkazdi. U klub safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hakamlar tomonidan 3 ta sariq va 1 ta qizil kartochka bilan siylandi.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют