» » Namanganda 2020-yilning 7 oyi davomida qariyb 40 ming chaqaloq dunyoga keldi

Namanganda 2020-yilning 7 oyi davomida qariyb 40 ming chaqaloq dunyoga keldi


Namangan viloyatida 2020-yilning 7 oyi davomida 39400 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1280 nafar yoki 3,3 foizga ko‘p.

Mahalliy FHDYolarda o‘g‘il chaqaloqlarga eng ko‘p Muhammad, Mustafo va Abdulloh, qizlarga esa Soliha, Mubina va Xadicha ismlari qo‘yilayotgani qayd etilgan.

DXA viloyat boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Namanganda 2020-yilning 7 oyi davomida nikoh tuzilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2864 taga yoki 32 foizga, ajrimlar esa 409 taga yoki 30 foizga kamaygan.

Bu holat karantin sharoitida FHDYo idoralari to‘laqonli faoliyat yuritmagani bilan izohlanmoqda.

Mavzuga doir: Namanganda tug‘ilgan to‘rt egizakning onasiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют