» » O‘zbekistonda 6-avgust kuni 742 kishida koronavirus aniqlandi. Olti nafar bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 6-avgust kuni 742 kishida koronavirus aniqlandi. Olti nafar bemor vafot etdi


O‘zbekistonda 5-avgust soat 23:30 dan 6-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 742 ta holat qayd etildi. Ketma-ket yettinchi kun kunlik kasallanish holati 700 dan yuqori bo‘lmoqda. 1-avgustda 774 kishining kasallanishi hozircha antirekord hisoblanadi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 28535 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 742 kishining 704 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Shuningdek, 38 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida kasallik aniqlangan.

Kun davomida, xuddi bir kun oldin bo‘lganidek, 7 ta hududda koronavirusga chalinish holati kuzatildi.

Toshkent shahrida 401 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyi boshidan beri poytaxtda 2550 kishida koronavirus aniqlandi, bu kunlarning 4 tasida kunlik kasallanish holati 400 dan yuqori bo‘ldi. Eng kam kasallik aniqlangan kunda ham 325 kishida koronavirus qayd etildi. Iyul oyida Toshkent shahrida 2550 nafar bemor aniqlanguncha 15 kun o‘tgandi.

Toshkent viloyatida 167 kishida koronavirus qayd etildi. Ulardan 129 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent viloyatida chegara post orqali xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. SSV 9-iyuldan beri xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilar orasida koronavirus aniqlanayotgani haqida xabar bermayotgandi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 6 kuni ichida Toshkent viloyatida 1029 kishida koronavirus aniqlandi.

SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi. 1-avgustdan buyon vazirlik har kuni 6 nafardan bemor vafot etayotgani haqida axborot bermoqda.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 48 yoshli K.N. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli M.M. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 37 yoshli N.O. ismli ayol vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 51 yoshli A.B. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 24 yoshli D.A. ismli ayol vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 81 yoshli K.K. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 177 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 185 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu sakkiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 771 nafar bemordan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

6-avgust kuni 804 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Oxirgi 8 kun ichida 7-marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi kasallanganlar sonidan o‘tib ketmoqda. 6-avgustda tuzalganlarning

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 28 535 nafar bemordan 19 587 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют