» » O‘zbekistonda firibgarlar Telegram foydalanuvchilarini aldashga uringani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda firibgarlar Telegram foydalanuvchilarini aldashga uringani ma’lum qilindi


“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi O‘zbekistonda Telegram’da turli telefon raqamlariga maxfiy kodlar vositasida axborotlarni o‘g‘irlash maqsadida firibgarlarning hujumlari kuzatilgani haqida xabarlar tarqalganiga munosabat bildirdi.

Inspeksiya axborot xizmatining qayd etishicha, O‘zbekistonda Telegram foydalanuvchilarining akkauntlariga kirib olib, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash yoki akkauntni qaytarib berish evaziga mo‘may pul ishlashga urinayotgan mobil firibgarlar paydo bo‘lgan va bu kabi vaziyatlar haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham ma’lum qilgan.

“Firibgarlik sxemasiga ko‘ra foydalanuvchiga mobil aloqa operatorining rasmiy raqamidan qo‘ng‘iroq qilinib, COVID-19 koronavirus infeksiyasi haqida o‘ta sodda va javobi oson savollar beriladigan qisqa viktorina o‘tkaziladi. G‘olibga pul o‘tkazib berish va’da qilinadi. Foydalanuvchi yutug‘ini olishi uchun Telegram’ga kelgan maxfiy kodni aytishi lozim. Messenjerga kelgan sirli raqamni oshkor qilish, firibgarlarning akkauntga kirib olishiga sharoit yaratadi. Bloger yoki kanal administratorining akkauntiga kirib olgan firibgar u yerdagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik uchun pul talab qila boshlaydi. Oqibatda o‘zini viktorina g‘olibi bo‘ldim, deb o‘ylagan foydalanuvchi firibgarlik qurboniga aylanadi”, – deyiladi “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining xabarida.

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, bu kabi holatlarning oldini olish uchun Telegram’da ikki tomonlama autentifikatsiyani o‘rnatish zarur. Bu Telegram’dan kelgan maxfiy raqamdan tashqari akkaunt parolini ham kirishni so‘raydigan himoya tizimi.

Inspeksiya xabariga ko‘ra, shunga o‘xshash firibgarlik sxemalari MDHga a’zo boshqa mamlakatlar hududlarida ham kuzatilgan.

Inspeksiya Telegram foydalanuvchilaridan axborot xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilishni, telefon orqali begona raqamdan qo‘ng‘iroqlar bo‘lib, shubhali viktorinalar o‘tkazilish holatlari kuzatilganida messenjer orqali maxfiy kod yuborilib, uni aytish so‘ralganida begona shaxslarga ma’lumotni oshkor etmaslikni, firibgarlik sxemalaridan ogoh bo‘lishni so‘ragan.

2020-yil may oyida surxondaryolik nogironligi bo‘lgan shaxsning plastik kartasiga ehson qilishini aytib, uning hisobidagi pullarni yechib olgan 17 yoshli o‘smir ushlangani, 28-iyunda Telegram’da odamlarning 19 million so‘mdan ko‘proq pulini o‘g‘irlagan farg‘onalik 21 yoshli firibgar qo‘lga tushgani, 25-iyulda esa World Crypto Capital kompaniyasi rahbari Aleksey Meng O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq fuqaroning jami 1,7 million dollarini qo‘lga kiritib, mamlakatdan chiqib ketgani, 31-iyulda esa “Odnoklassniki”da qiz bola nomidan 26 yoshli yigit bilan tanishib, uni “shantaj” qilib 5 million so‘m so‘ragan shaxs qo‘lga tushgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют