» » “Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov” — Abdulaziz Komilov

“Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov” — Abdulaziz Komilov


Oliy Majlis Senatining 7-avgust kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi yalpi majlisida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining 2020-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati haqida axboroti eshitildi.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida 2020-yil boshidan buyon mamlakatga 3 milliard dollardan ortiq miqdorda chet el investitsiya va kreditlari jalb qilindi.

Turkiya va Rossiyaga oliy darajadagi rasmiy tashriflar hamda O‘zbekiston prezidenti tomonidan xorijiy mehmonlarning qabullari, 20 dan ortiq oliy darajadagi onlayn-muloqotlar tashkillashtirildi.

Parlamentlararo hamkorlik, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Jumladan, hisobot davrida jami 58 ta xorijiy parlamentlar va xalqaro tashkilotlar darajasidagi tashrif va uchrashuvlar, onlayn-muloqotlar tashkil etildi.

Abdulaziz Komilov o‘z hisobotida koronavirus pandemiyasi sababli qiyin ahvolga tushib qolgan xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasi sharoitida Tashqi ishlar vazirligi o‘z funksional vazifalari doirasida xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan 11 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga moddiy yordam ko‘rsatilgani, 95 mingdan ortiq fuqarolar o‘z vataniga qaytarilgani, shuningdek, mamlakatdagi 7 mingdan ortiq xorijiy fuqarolarni o‘z yurtlariga yuborilgani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari va ularga yordam berish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat darsturini ishlab chiqish kerakligi hamda ularga sharoitlar yaratib berishda vazirlik qo‘ldan kelgancha harakat qilayotgani haqida so‘z olib bordi.

“Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov. Migrantlar muammolarini aysberg singari ko‘zga ko‘ringan qismini muhokama qilayapmiz. Bu muammoni hal qilish uchun kompleks yondashuv bo‘lishi kerak. Chet elda sarson bo‘lib yurgan vatandoshimizni to‘xtatib, vatanga qaytasanmi, deb so‘rasangiz, qaytaman, menga ish topib beringlar deydi. Halol mehnat bilan daromad topib, oilamni boqaman. Agar shuni ta’minlab bersanglar, hozir qaytaman, bu yerda yashash oson emas, deydi. Migrantlarga yordam berish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturi bo‘lishi kerak.

Chet eldagi yurtdoshlarimizni migrant deyishga til bormaydi. Albatta, ularning orasida har xili bor. Lekin ko‘pchiligi vatanparvar, vatanni sevadi, bugun desangiz — bugun qaytishga tayyor. Biz sharoitlarni yaratib berishimiz kerak…

Vatandoshlarimizga qo‘ldan kelguncha yordam beramiz. Lekin muammolarimiz ham yo‘q emas. Moskva okrugidagi konsulxonada 4 nafar xodim 1,7 mln kishiga xizmat ko‘rsatadi. Bir kunda 7 minutli 100 ta qo‘ng‘iroq bo‘lsa, 12?13 soat gaplashish kerak telefonda. Shuning uchun ham konsul javob bermadi, degan e’tirozlar bor. Konsulxonaga hujum qilamiz, o‘t qo‘yamiz, konsulni osamiz, degan gaplar ham bo‘ldi. Konsullik xodimlari qayerda muammo bo‘lsa, darhol yetib borishga harakat qilyapti…

Albatta, TIV doim Senatni va parlamentni xizmatida bo‘ladi, lekin hamkorligimiz ikki tomonlama bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman.

Har zamonda qandaydir tushunmovchilik chiqishi mumkin. Buning ko‘p sabablari bor, lekin bittasi axborot yetmasligi. Balki vazirlik vaqtida Senatga, parlamentga ma’lumotlarni to‘liq bermaganligi.

…Fuqarolarimiz taqdirini yengillashtiradigan bir ikkita hujjatlarni tayyorlagan edik. Rossiya bilan imzolamoqchi bo‘lgan edik, lekin ular qabul qilmadi. Juda ko‘p nozik tomonlari bor, buniyam, o‘ylaymanki, senatorlarimiz bilishi kerak. Ular aytyaptiki, “to‘g‘ri yozilgan, yaxshi shartnoma, lekin shartnomani nima qilasiz? Mana, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga to‘liq a’zo bo‘lib kiringlar, hech qanaqa shartnoma kerak bo‘lmaydi. Ana shunda hamma muammolar o‘z yo‘li bilan hal bo‘lib ketadi...”.

Endi YeOII singari institutlarning ko‘plab salbiy, ijobiy taraflari bor, shuning uchun, o‘rganib qadam tashlash kerak. Lekin shunaqa muammolar kun tartibida bor.

Abdulaziz Komilov

Yalpi majlisda Senat tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilish jarayonida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatida qator muammo va kamchiliklar aniqlangani ham bildirildi.

“Vazirlikning chet ellardagi fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish, ularga tegishli ko‘mak va sifatli konsullik xizmatlarini ko‘rsatishning amaldagi tartibi jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoy tarmoqlardagi ko‘plab xabarlarni bunga misol tariqasida ko‘rsatish mumkin”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, eksportni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish sohalarida respublika hududlariga amaliy ko‘mak berish, joylarda tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdagi bilim va malakasini oshirish hamda mehnat migratsiyasi muammolarini hal qilishdagi faoliyati yetarli samara bermayotgani qayd etildi.

Xususan, xorijiy davlatlar bilan hududlararo hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida viloyatlar mutasaddilari uchun o‘quv mashg‘uloti va treninglar tizimi shu kungacha yo‘lga qo‘yilmagan. Hududlardan tushayotgan ma’lum loyihalar va investitsion takliflar javobsiz qolayotgani aytib o‘tildi.

Yalpi majlisda ochiq va har tomonlama munozara natijasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Savdo sanoat palatasi va boshqa mutasaddi idoralarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют