» » Prezident So‘x tumani aholisiga bir qator imtiyozlar beruvchi qarorni imzoladi

Prezident So‘x tumani aholisiga bir qator imtiyozlar beruvchi qarorni imzoladi


Shavkat Mirziyoyev “2020—2021-yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qarorga ko‘ra:

— So‘x tumanida 2020-yilda jismoniy shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

— 2020-yil 1-avgustdan boshlab 2021-yil 31-iyulga qadar:

— So‘x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi;

— So‘x tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi uch yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 foiz va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorda, ustamaning eng ko‘p miqdori 100 foiz o‘rnatiladi;

— Transport vazirligi Qirg‘iziston havo hududidan foydalanish masalasi to‘liq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi;

— Farg‘ona viloyati hokimligi bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etadi;

— So‘x tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi;

— So‘x tumanidagi ish bilan bandligi ta’minlanmagan aholining bir qismi Toshkent shahrida yirik obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlariga tizimli ravishda jalb qilinadi.

Ma’lumot uchun, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mazkur voqealar ortidan O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2-iyun kuni u yerga tashrif buyurdi. So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.

Shundan so‘ng tumanga bo‘lgan e‘tibor sezilarli darajada kuchaydi. Xususan, Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga zamonaviy tibbiyot uskunalari yetkazib berildi, elektr ta’minotini yaxshilash uchun 79 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish kabellari yuborildi, 230 nafar so‘xlik Tashkent City’dagi qurilish ishlarida qatnashish uchun olib kelinishi ma’lum qilindi, tumanda 3 ta dam olish maskani yaratilishi ta’kidlandi,  71 km optik tolali aloqa kabellari tortildi va 5 ta mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatildi va so‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют