» » Namangandagi Norin daryosi ko‘prigi qurilishi qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi. Oldinroq odamlar daryodan qayiqda o‘tayotgani videosi tarqalgandi

Namangandagi Norin daryosi ko‘prigi qurilishi qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi. Oldinroq odamlar daryodan qayiqda o‘tayotgani videosi tarqalgandi


Namangan viloyatining Norin tumanini viloyat markazi bilan bog‘lovchi “Norindaryo” ko‘prigi ta’miri 2020-yil sentabr oyida yakuniga yetadi. Bu haqda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan “2-ko‘prikqurilish” unitar korxonasi boshliq o‘rinbosari Rasuljon Normatov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Normatovga ko‘ra, 25-avgustga qadar montaj ishlari tugallanishi ko‘zda tutilgan. Bunga parallel ravishda beton quyish jarayoni ham olib boriladi.

“Norindaryo” ko‘prigi orqali harakatlanish 2020-yil 24-aprel kuni to‘xtatilgan edi.

Bunga 1962-yilda barpo etilgan ko‘prikda kuzatilgan darz va yoriqlar sabab bo‘lgan. Ularning holati yo‘lovchilar va transport uchun xavfli ko‘rinishga kelib qolgandi. Uzunligi 270 metr bo‘lgan ko‘prikdagi mukammal ta’mirlash ishlaridan so‘ng ko‘prikning eni ham 2 metrga kengayib, yo‘lovchilar uchun alohida yo‘lak barpo etiladi.

Hozirda 160 mingdan ortiq aholiga ega tuman fuqarolari viloyat markaziga qatnash uchun Uchqo‘rg‘on va Baliqchi tumanlari orqali aylanib borishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda odamlar daryoning narigi qirg‘og‘iga qayiqlarda o‘tishga majbur bo‘layotgani aks etgan videolar tarqalgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют