» » Navoiyda eski oltin konidan 230 mln somlik tarkibida oltin mavjud bolgan toshlarni ogirlayotgan shaxslar qolga tushdi

Navoiyda eski oltin konidan 230 mln somlik tarkibida oltin mavjud bolgan toshlarni ogirlayotgan shaxslar qolga tushdi


Navoiy viloyatida eski kondan tarkibida oltin mavjud toshlarni ogirlagan ikki nafar shaxs Milliy gvardiya va IIB xodimlarining tezkor tadbirida qolga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga kora otkazilgan tezkor tadbir natijasida Uchquduq tumanida joylashgan Aygul-partiya deb nomlangan eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bolgan toshlarni noqonuniy yol bilan qazib olgan Xatirchi tumanida yashovchi fuqarolar T.J. va Sh.M. qolga olingan.

T.J. Ford mashinasida 17 ta qopga joylangan 1 264 kilogramm ogirlikdagi tarkibida oltin zarralari bolgan mayda toshlarni, Sh.M. esa boshqa bir Fordda 33 ta qopga joylangan 1 654 kilogramm ogirlikdagi toshlarni hududdan olib chiqib ketayotganida toxtatilgan. Ularga nisbatan xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tarkibida oltin zarralari bolgan ushbu toshlar mutaxassislar tomonidan (1 grammi 604 863,5 som belgilangan narxda) tekshirib korilganda fuqaro T.J. tomonidan ozlashtirilgan 1,2 tonnadan ziyod ogirlikdagi toshlardan 148 gramm (89 million som) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlangan. Sh.M.dan olingan 1,6 tonnadan ogir toshlardan esa 234 gramm (141 million som) miqdordagi oltin moddasi borligi malum bolgan.

Navoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Avval 2020-yil 15-maydaNavoiy kon-metallurgiya kombinati hududidagi suv quvurlarini ogirlagan va korxonaga qariyb 200 million som zarar yetkazgan shaxslar qamoqqa olingani, 24-mayda esaBuxoro viloyatining Qorakol tumanida joylashgan Gazlineftqazibchiqarish MChJga qarashli gaz quvuridan 20 tonnadan ziyod gazokondensat xomashyosini ogirlagan sakkiz nafar fuqaroning har biriga ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-08-2020, 08:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -