» » Toshkent viloyati SSB boshligi: Chirchiqdagi shifoxona COVID-19ni davolashga ixtisoslashmagan

Toshkent viloyati SSB boshligi: Chirchiqdagi shifoxona COVID-19ni davolashga ixtisoslashmagan


Toshkent viloyatining bosh infeksionisti murojaat bilan chiqib,Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida uskunalar ajratilmayotgani, vada qilingan mukofot pullari berilmayotgani togrisida malum qilgandi. Kun.uz nashri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati sogliqni saqlash boshqarmasi boshligi, tibbiyot fanlari doktori Toraqul Arziqulov bilan suhbatlashdi.

Toraqul Sodiqovich, elon qilingan maqolada Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi rahbari oz xodimlari nomidan qator etirozlar bildirgan. Bu haqda nima deya olasiz?

Chirchiq shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi Sogliqni saqlash vazirligi reyestriga asosan karantin obyekti, yani koronavirus tasdiqlangan bemorlar uchun emas, birlamchi ular bilan muloqotda bolgan gumondor fuqarolarni saqlab turish obyekti etib belgilangan. Agar bu yerda biror fuqaroda COVID-19 aniqlansa, bemor zudlik bilan COVID-19ga chalingan bemorlar davolanuvchi maxsus shifoxonasiga yetkaziladi. Bu maskan mutlaqo koronavirusni davolash uchun moljallangan shifoxona emas.

Togri, pandemiya pik davriga chiqqanda juda kop shifoxonalarga koronavirusga shubha qilingan, ammo kasallik rasman tasdiqlanmagan bemorlar yotqizildi. Hatto osha shifoxonalarda kasallik tasdiqlangan bemorlar ham malum muddat qolib ketdi. Ammo qisqa muddatda bu muammolar bartaraf qilindi, gumondagilar alohida, kasallik tasdiqlanganlar alohida qilib ajratib olindi.

Shifoxona rahbari murojaatida mukofot pullari(shifokorlarga 25 million, hamshiralarga 15 million somlik va h.k)ragbatlantirish mablaglari tolab berilmayotgani haqida ham aytib otgan. Bunga qanday izoh berasiz.

Bu shifoxona xodimlarining Prezident qarori bilan belgilangan koronavirusga qarshi kurashda faol qatnashayotgan shifokorlarni qoshimcha ragbatlantirish mablaglari tolanmayotgani haqidagi noroziligi asossiz. Chunki bunday tolovlar bilan COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolaydigan, SSVning koronavirusni davolashga moljallangan shifoxonalar royxatida bolgan shifoxonalar xodimlari ragbatlantiriladi. Yuqorida aytganimdek, Chirchiqdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi birlamchi muloqotda bolgan fuqarolar uchun hozirlangan karantin obyekti hisoblanadi.

Barchaga malumki, shifokorlar uchun 25million somlik tolovlar aynan shu kasallik tasdiqlangan bemorlar yigilgan maxsus shifoxonalarda ishlaganlarga beriladi.

Bunday shifokorlar royxati har bir hududda shakllantirilgan, ular 14 kun davomida uzluksiz ishlaydilar va faqat aynan COVID-19 kasalligiga qarshi kurashadilar.

Bu shifoxonada COVID-19 bilan kasallangan bemorlar bolsa, ular zudlik bilan mazkur kasallik bilan shugullanadigan kasalxonaga okazilishi zarur. Vazirlik buyrugida bu aniq korsatilgan.

Chirchiq shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni tashish uchun moljallangan 2 ta maxsus mashinamiz bor. COVID-19 tasdiqlangani haqidagi hujjati taqdim etilganda bemorni shu zahoti boshqarmaga yoki tegishli bolimlarga xabar qilgan holda bu bemorlar zudlik bilan kasalxonaga otkazilishi kerak. Aytishim kerakki, maxsus shifoxonalarimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo. Karantin obyekti bolgani uchun Chirchiqdagi shifoxonada bu narsa kozda tutilmagan.

(Savol Toshkent viloyati Moliya boshqarmasi rahbari Zohidxoja Tursunovga): Zohidxoja aka, tolovlar asosan sizlarga bogliq. Aynan mana shu klinika va tibbiyot xodimlari uchun tolovlar boyicha umumiy holat boyicha malumot bersangiz.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining rasmiy statusi haqida kop marta takidlab aytildi. Yani biz xohlasak ham ular sorayotgan 25, 15 million somlik pullarni tolay olmaymiz. Bu tolovlar boshqa toifa shifokorlar uchun moljallangani rasman elon qilingan va bu shifoxona xodimlariga ham yozma ravishda bildirilgan.

Ammo norozilik bildirgan viloyat yuqumli shifoxonasi xodimlari belgilangan kunlik 6 foizli ustamalarni toliq olganlar. Bu borada birorta etiroz bolishi mumkin emas.

Umuman, ragbatlantiruvchi mablaglarga kelsak, hozir bu jarayon shu darajada yolga qoyildiki, 14 kunlik ishga kiruvchilarga biz oldindan 40 foizli avans tolab qoyyapmiz va muddati yakunlanishi bilan pullarini toliq olishadi.

Toraqul Sodiqovich, murojaatda shifoxonada reanimatsiya bolimi faoliyati yolga qoyilib berilmagani ham tilga olingan. Tibbiyot boshqarmasiga qilingan murojaat ham javobsiz qolgani, shifoxona kerakli uskunalar bilan taminlanmagani aytiladi.

Shu yilning martaprel oyilarida Toshkent viloyati sogliqni saqlash boshqarmasi say-harakatlari bilan 9 orinli reanimatsiya bolimi tashkil etildi. Tabiiyki, bolimni tashkillashtirish, kerakli meyoriy hujjatlarni taqdim etish, qolaversa, kadrlarni tayyorlash va ishga olish majburiyati bosh shifokorga yuklangan. Lekin afsus, pandemiya sharoitida bu vazifalarni boshqarmaning ozi bajardi. Malakali tibbiyot xodimlarini yigib, ozimiz 9 orinli reanimatsiya bolimi tashkillashtirib berdik. 2 ta suniy nafas oldirish apparati, kardiogrof, 6 ta kislorod balloni, 3 dona oksigenator berganmiz osha paytda. Chunki bazi ogir ahvoldagi bemorlar kelishi mumkinligi hisobga olingan.

Albatta, reanimatsiya bolimi tashkil etilganidan keyin, narkotik va psixotrop dorilar ishlatiladi. Ming afsuski, Guljahon Toyirovna rahbarlik qilayotgan ushbu shifoxona haligacha litsenziya olmagan. Talab darajasidagi xonalar qilinmagan.

Biz bu masalada Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishga majbur boldik. Garchi litsenziya bolmasa-da, birlashma bemorlarning hayotini oylab narkotik-psixotrop moddalarni berib turibdi. Vaholanki, yuqumli kasalliklar shifoxonasi yuridik jihatdan tolaqonli muassasa hisoblanadi. Ular 3 yil avval bu narsani toliq shakllantirib, ozlari hujjatlarni taqdim qilishi zarur edi. Afsuski, bu ish hamon bajarilmagan.

Qizigi, aynan shu shifoxonaning qator xodimlari taminot boyicha savollar tugilaverganidan song jamoaviy tarzda alohida videomurojaat yollashgan va hech qanday kamchilik yoqligini bildirishgan. Kelib chiqadiki, shifoxona xodimlari ortasida ham guruhlarga bolinish yuzaga kelib qolgan.

Umuman, shifoxonaning kelgusi taqdiri nima boladi? U yopilib ketishi boyicha ham xabarlar chiqqan.

80 orinli Chirchiq shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi joylashgan hududda viloyat hokimi tashabbusi bilan 320 orinli COVID-19 bilan shugullanadigan yangi shifoxona tashkil etildi. Bu yerda barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilgan. Endi oylab koraylik, barcha qulayliklarga ega, narkotik-psixotrop preparatlar saqlanadigan reanimatsiya bolimiga ega, malakali shifokorlar xizmat qilayotgan shifoxona bola turib, 80 orinli joyni COVID-19 davolanuvchi shifoxona qilib bersak, bu mantiqqa togri kelmaydi-ku.

Shuning uchun boshqarmamizning buyrugiga asosan, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi hozirgi bemorlarni tolaqonli osha yangi shifoxonaga otkazish haqida korsatma berildi. Ming afsuski, Guljahon Yuldosheva bunga tosqinlik qilyapti. 10 kundan oshmasligi kerak bolgan orinlarda, bemorlarni 15 kungacha ushlab turgan holatlari kuzatilmoqda. Bu borada hatto alohida buyruq chiqarishga majbur boldik. Rahbariyatni buyrugini bajarmaslik notogri, deb oylayman.

Bu shifoxona COVID-19dan boshqa yuqumli kasalliklar boyicha oz faoliyatini davom ettiradi. Chunki bunday kasalliklarning turi kop. Koronavirus pandemiyasi deb, u kasalliklar kutib turmaydi. Ayniqsa, hozirda mavsumiy yuqumli kasalliklar kirib kelyapti. Gepatit, gripp, diareya kabi kasalliklar doim bolgan. Biz albatta, bu tibbiyot maskanini tolqonli dezinfeksiya qilib, tamirlash ishlarini olib boramiz. Hech qanday xavotirga orin yoq. Uning faoliyati, barcha zarur bolgan sharoitlar yaratib beriladi.

Siz va Guljahon Yuldasheva ortangizdagi birinchi holat emas bu. Umuman, ozingiz viloyat sogliqni saqlash boshqarmasidagi muhitni qanday baholaysiz? Boshqa shifoxonalar bilan ham shu kabi ziddiyatlar bormi?

Guljahon Toyirovna osha intervyusida Men Prezident qaroriga kora bu yerga ishga kelganman debdi. Aslida davlat rahbarining bunday qarori yoq, u ham, men ham rahbar kadrlarni shakllantirish boyicha 2017-yil 8-avgustdagi Vazirlar Mahkamasi yigilish bayonnomasiga kora hududlarga jonatilganmiz.

Hozir viloyatda 28 ta davolash-profilaktika muassasalari bolsa, shu paytga qadar birortasida bu kabi tushunmovchilik bolmagan. Faqatgina shu yuqumli kasalliklar shifoxonasida kelishmovchilik kelib chiqmoqda. Agar uning faoliyatiga nazar solsak, bir necha kamchiliklar kozga tashlanadi. Qolimda Chirchiq shahar prokuraturasining taqdimnomasi bor. Unga asosan budjet mablaglari noqonuniy sarflanishi, smetalar xarajatlarida katta moliyaviy hisobda xatoliklar bolgani korsatilgan. Tergov boshqarmasining taqdimnomasida esa, ishga olishdagi, tatil pullarini tolab berilmagani keltirilgan. Boz ustiga, ichki audit nazorat bolimini taqdimnomalari ham bor.

Oxirgi ikki-ikki yarim yil ichida aynan shu shifoxonada moliyaviy va boshqa jihatlardan koplab kamchiliklar, noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirilgani malum boldi. Shunday holatda rahbar baho beradi-da. Albatta, orgatishga, ozgartirishga harakat qilamiz, kerak bolsa tanbeh beramiz. Chunki davlatning har bir som puli ozidan ozi kelmaydi. Bu xalqning puli. Boshqa biror bir tashkilotimizda biror bir etiroz yoq. Biz xuddi bir oiladekmiz, juda inoqmiz.

Bugungi sinovli paytda har bir inson oz ornini bilgan holda, qoshimcha masuliyat bilan, fidoyilik bilan hayot kechirishi kerak. Bunaqangi ofatlar faqat hamjihatlik bilan yengib otiladi. Bu holat bir tizimning rahbari sifatida menga juda noqulay. Bu yerda hammamizda ayb bor, deb oylayman. Biz togri xulosa qilamiz. Guljahon Toyirovna va tashkiloti bilan yana qoshimcha ishlaymiz. Oylaymanki, bu kelishmovchilik vaqtinchalik. Hammasi otib ketadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (10-08-2020, 15:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -