» » Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashiga rais etib tayinlandi

Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashiga rais etib tayinlandi


O‘zbekiston Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xabar berilishicha, Senatning tegishli qaroriga ko‘ra Xolmo‘min Buvraboyevich Yodgorov O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashining raisi etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Xolmo‘min Yodgorov Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Xolmo‘min Yodgorov 2017-yil may oyidan buyon Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga doir: “Bilmadim, qaysi ma’noda sudyalarning hali mustaqil emasligi aytilgan”. Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov BMTning maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayanning O‘zbekiston sudyalari haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют