» » Nukusda 10-avgustdan jamoat transporti sifatida avtobus harakatiga ruxsat berildi

Nukusda 10-avgustdan jamoat transporti sifatida avtobus harakatiga ruxsat berildi


Nukus shahrida 10-avgustdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan A.Dosnazarov, To‘rtko‘l guzari, Sharof Rashidov ko‘chalari bo‘ylab 45 ta yo‘nalishli avtobusning qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Avtotrans Chimboy” davlat unitar korxonasiga tegishli avtobuslar karantin talablariga amal qilgan holda Nukus shimoliy avtovokzali—Nukus shahar savdo kompleksi, Samonbay—Nukus shahar savdo kompleksi, Jiydeli baysin—Harbiy garnizon, Boz ovul—Qum ovul kabi asosiy 9 ta yo‘nalishda harakatlanadi.

Shuningdek, maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarning kun davomida harakatlanishiga ruxsat berildi. O‘rnatilgan qat’iy tartibga ko‘ra avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi, yo‘lovchilar soni ikki nafardan oshmasligi, avtomobil boshqaruvchisi maxsus kombinezon va himoya vositalari bilan ta’minlangan holda harakatlanishi zarur.

Avvalroq Zarafshon shahrida taksi va sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat berilgani, Qarshi shahriga kirish-chiqish qayta tiklangani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют