» » O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni olib keladigan charter reyslarga subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni olib keladigan charter reyslarga subsidiya ajratiladi


O‘zbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida turoperator va aviatashuvchilarning O‘zbekistonga tashkil etgan charter reyslari har bir yo‘lovchi sonidan kelib chiqqan holda subsidiyalanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi.

Subsidiya miqdorlari 20-fevraldan 19-noyabrgacha bo‘lgan charter reyslarga har bir yo‘lovchi uchun 20 dollarni, 20-noyabrdan 19-fevralgacha bo‘lgan charter reyslarga har bir yo‘lovchi uchun 50 dollarni tashkil qiladi.

Subsidiya olish uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi:

Subsidiya olish uchun turoperator va aviatashuvchilar O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga murojaat qiladi. Murojaatchi arizasiga yo‘lovchi manifesti nusxasi ilova qilinishi lozim. Murojaatlar har chorak yakuni bilan o‘tgan chorakda amalga oshirilgan charter reyslar bo‘yicha taqdim qilinadi.

Qo‘mita har chorak yakuni bilan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqib, chorakdan keyingi oyning 20 sanasiga qadar subsidiyalar ajratilishini ta’minlaydi.

Murojaatlarni o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab etilgan taqdirda uni ko‘rib chiqish va o‘rganish muddati qo‘shimcha tarzda yana 10 kunga uzaytirilishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalingan turistlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanishi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют