» » “O‘zbekiston islom harakati” yetakchilari Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniyga tasvirchilik qilgan xorazmlik erkak 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

“O‘zbekiston islom harakati” yetakchilari Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniyga tasvirchilik qilgan xorazmlik erkak 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudining qaroriga asosan Afg‘onistondagi jangovar harakatlarda hamda diniy-ekstremistik guruhlar targ‘ibotlarini tasvirga olish bilan shug‘ullangan Azamat Rajabov 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudi sudyasi Muzaffar Samandarov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Azamat Rajabov 1995-yilda — 21 yoshida nikoh to‘yidan bir kun avval Toshkentga ketib qolgan. U Toshkentga kelgach, bir necha kundan keyin bir guruh shaxslar bilan Tojikistonga o‘tib ketgan.

Tojikistonda Azamat “Tur­kiston”, keyinchalik esa “O‘z­bekis­ton islom harakati” diniy-ekstremistik va terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan. Mazkur tashkilot rahnamolari Azamatga Xuzayfa laqabini bergan hamda 2000-yi­lda yetarlicha harbiy hamda diniy buzg‘unchilikka qaratilgan ta’limdan so‘ng urush va zo‘ravonlik tobora zo‘rayayotgan Afg‘onistonga jo‘natgan.

Azamat va uning sheriklari Qunduz shahriga yetib borgan va u yerda qonuniy hokimiyatga qarshi qurolli jang olib borayotgan “Tolibon” ha­rakati faollari ularni kutib olgan. Uni kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlab, ancha vaqtdan buyon notinch bo‘lgan Mozori Sharif shahriga olib borgan.

Mozori Sharifda Azamat ushbu tashkilotining tar­g‘ibot guruhiga qo‘­shilgan. Videotasvirchilik bobida bilim va malakaga ega ekanini bildirgach, uning zimmasiga ayni shu vazifa yuklangan.

Qayd etilishicha, shu tariqa Azamat Tohir Yo‘l­dosh, Juma Namangoniy kabilarning yaqin hamrohi va dastyoriga aylangan. Azamat ularning harakatlari, ma’ruza va nutqlariga daxldor voqealar tafsiloti aks etgan yuzlab videotasvirlar, hujjatli filmlarni suratga ol­gan. Bunday videotasvirlar arab, fors tillarida tarqatilgan.

Jang manzaralaridan birini tasvirga tushirish cho­g‘ida Azamat og‘ir yaralangan, lekin o‘z rahnamosining g‘amxo‘rligi bilan yana oyoqqa turgan. Tuzalishi bilan yana jang maydoniga qaytgan.

Tohir Yo‘ldoshning ko‘rsatmasiga muvofiq, eri jangda halok bo‘lgan xorazm­lik ayol I.Olloberganova shar’iy yo‘l bilan Azamatga nikohlab berilgan. Bu oila bir muddat Pokistonda yashagan.

Biroq Juma Namangoniy va Tohir Yo‘ldosh yo‘q qilingach, Azamat o‘z ayoli va farzandlari bilan Eronga ketgan. Azamat mazkur mamlakatning goho u, goho bu hu­dudida qochqin va muhojir maqomida tirikchilik qilgan. Keyinchalik O‘zbekistonga qaytish ilinjida Ozarbayjonga tutash Ostara shahriga borgan, bir necha hafta mobaynida oilasi bilan mazkur shaharda kun kechirgan. Uning aytishicha, chegaradan o‘tish imkoni topilmagach, ortiga qaytgan.

Videotasvirchi Azamatga nisbatan vatani oldidagi jinoyatlari, o‘zga yurtlar aho­lisi, davlat hokimiyati organlariga qarshi olib borilgan jang harakatlarida faol ishtirok etgani uchun 2007-yilda O‘zbekistonda jinoyat ishi ochilib, qidiruv e’lon qilingan.

Eronda yashash davomida Azamat Rajabov farzandlari 6 nafarga yet­gan. Oila Xorazmda qolgan yaqinlari bilan aloqani tiklagan.

Shundan so‘ng avvaliga Azamatning otasi Bobonazar Rajabov, ke­yinchalik umr yo‘l­do­shi­ning otasi I.Olloberganov ularning oldiga borgan. Bir muddat birga yashab, ular vatanga qaytish choralari, yo‘l-yo‘riqlarini izlagan.

Azamat Rajabov 2017-yilning noya­br oyida Eron migratsiya xizmati to­monidan qamoqqa olingan. Muhojirning bir necha oylik hayo­ti ana shu muassasada kechgan. Shu vaqt ichida uni o‘z yurtiga jo‘­natish choralari ko‘rilgan.

Azamat samolyotda Tehrondan Toshkentga jo‘natilgan. Biroq u xalqaro norma talablariga muvofiq ertasi kuniyoq ortiga qay­tarilgan. Eronga qayt­gan muhojir yana qochoqlar lageriga tushgan.

Bir necha haftadan so‘ng un­ga qo‘sh­ni Turkiyaga o‘tib yashashi mumkinligini rasman tushuntirilgan. U taklifni qa­bul qilgan. Uning oilasi qa­riyb 15 yil­lik sarson-sargardonlikdan so‘ng Turkiyaga yetib kelgan. Azamat bu yer­da ham yurtiga qaytish istagidan voz kechmagan. O‘zbekistonning Turkiyadagi vakolatxonalariga kechirim so‘­rab, pushaymonlik arizasi bilan murojaat qilgan.

2019-yilning dekabr oyida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi Azamatning bir necha bor qilgan murojaatiga javob qaytargan va uning yurtiga qaytishi mumkinli­gi­ni bil­dirgan. Ayni paytda­ uni O‘zbekistonda sud jarayoni kutayotgani, mamlakatga qaytsa, qo­nun so‘roviga duch kelishi va jazolanishi mumkinligi haqida ham ogohlantirilgan. Azamat vatanga qaytishga va qo‘­yilgan shartga rozi ekanligini ma’lum qilgan.

Azamat samolyotda 2019-yil 12-dekabr kuni Toshkentga yetib kelgan. Uni Toshkentda hu­quqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari kutib olgan.

Azamat Rajabovga nisbatan tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (yollanish), 159-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandla­ri (O‘zbekiston Respublikasi kons­titutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish), 223-moddasi 2-qismi “b” va “v” band­la­ri (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish), taqiqlangan tashkilotlarni tuzish va ularning faoliyatida ishtirok etganlikni nazarda tutuvchi 244-2-moddasi 1-qis­mi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Azamat Rajabov o‘z aybini tan oldi, unga iq­rorlik bildirgan hol­da pushaymonligini bildirdi.

Azamatning qilmishlari jinoyat ishlari bo‘­yicha viloyat sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Bu jarayonda tergov or­gani tarafidan Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddalari yuzasidan qo‘yilgan ayb o‘z tasdig‘ini topdi.

Azamatning jang maydonidan qochib, o‘zga yurtlarda oilasi bilan sarson-sargardonlikda turmush kechirgani, janglarda qo‘­liga qurol olib, odamlarga qarshi o‘q uzmagani, odam o‘ldirmagani, keyinchalik buz­g‘unchilik ha­rakatiga qo‘shilmagani, tinch mehnat jabhasiga qaytgani, hunarmandchilik, qo‘y boqish bilan mash­g‘ul bo‘lgani, gulchilik, asalarichilik bilan shug‘ullangani, vatandan uzoqda yashashdan ko‘ra qonuniy jazoni afzal bilgani tuzalish yo‘lida­gi jiddiy qadam sifatida baholandi.

Sud qarori bilan og‘ir jinoiy qilmishlarni sodir etgan Azamat Rajabov har to‘rtala modda bo‘yicha nazarda tutilgan jazolarni qisman qo‘shish asnosida 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U mazkur jazoni umumiy tartibli ij­ro koloniyasida o‘taydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют