» » Romelu Lukaku Yevropa Ligasida rekord o‘rnatdi

Romelu Lukaku Yevropa Ligasida rekord o‘rnatdi


“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku Yevropa Ligasi ? final doirasida “Bayer”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) gol urishga erishdi.

Shu tariqa belgiyalik futbolchi Yevropa Ligasida ketma-ket 9-o‘yinda gol urdi. Romelu “Inter” safidagi to‘rtta o‘yinda 4 gol urgan bo‘lsa, 2014/15-yilgi mavsumda “Everton” bilan 5 o‘yinda 8 ta gol urishga erishgan. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi.

Shuningdek, hujumchi “Inter”ning Yevrokuboklardagi so‘nggi 6 o‘yinida gol urdi. Bunaqasi klub tarixida ilk bor kuzatildi.

Lukaku 2019/20-yilgi mavsum “Inter” safida 49 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va beshta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют