» » O‘zbekistonda 15-avgustdan katta to‘ylar o‘tkazishga ruxsat beriladimi?

O‘zbekistonda 15-avgustdan katta to‘ylar o‘tkazishga ruxsat beriladimi?


AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ishtirokida tashkil qilingan brifingda aholi murojaatlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Vazirlik mutasaddisi “Men ikki o‘g‘limni unashtirib qo‘yganman. Qachon to‘y qilishga ruxsat beriladi? Qo‘sh kelin tushiramiz, har ikkala qudamiz bilan kelishib, 22-avgustga to‘y belgilagan edik. To‘yni belgilangan sanada kattaroq qilib o‘tkazsak bo‘ladimi?”, — deya yo‘llangan savolga javob berdi.

“Mamlakat miqyosida karantin cheklovlarini o‘rnatish, muddatini uzaytirish yoki bekor qilish faqatgina Respublika maxsus komissiyaning qarori asosida olib boriladi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 26-iyuldagi tegishli qaroriga asosan, mamlakatimiz bo‘ylab karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirilishi munosabati bilan to‘y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazmaslik bo‘yicha aniq cheklovlar keltirib o‘tilgan.

Mazkur cheklovlarni bekor qilish, to‘y va boshqa marosimlarga ruxsat berishning aniq muddati hamda to‘ylarda qatnashuvchilar soni haqidagi qaror Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi va e’lon qilinadi.

Sizga farzandlaringiz to‘yini Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ruxsat berilgandan so‘ng hamda o‘rnatilgan qoidalarga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazishingizni tavsiya etamiz”, — degan Saodat Boymirzayeva.

Avval Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda masjidlar 15-avgustdan so‘ng ochilishi kutilayotgani haqida xabar qilingan. Senat raisi Tanzila Norboyeva ham O‘zbekistonda karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinishi haqida gapirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют