» » Senat qomitasi raisi: Xususiy klinika litsenziyasini bekor qilish muammoga yechimmi?

Senat qomitasi raisi: Xususiy klinika litsenziyasini bekor qilish muammoga yechimmi?


Oliy Majlis Senatining Fan, talim va sogliqni saqlash masalalari qomitasi raisi Odiljon Iminov sogliqni saqlash sohasi mutasaddilariga bir nechta savollar bilan murojaat qildi.

Kuni kecha elon qilingan sogliqni saqlash vazirining Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash mezonlarini tartibga solish va retro-prospektiv tahlil otkazish togrisidagi buyrugi bilan xususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bogliq faoliyati boyicha qatiy choralar korish, shu jumladan, ularning litsenziyalarini bekor qilish boyicha sudlarga davo arizalarini kiritilishining belgilanishi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bolmoqda.

Takidlanayotganidek, xususiy klinikalar tez yordam kelmasdan, taqdim etilgan telefon raqamlari javob bermagan bir paytda, olim toshagida yotgan bemorlarni kotarib kelganlarga hech kim yordam qilmagani uchun ularga yordam berishga majbur bolgan. Shu bois endi tajriba oshib, yangi davolash standartlari qabul qilinib, ahvol ancha yengillashganda ayb xususiy klinikalarga agdarilayotganidan norozi bolmoqda.

Shuningdek, xususiy tibbiyotga nisbatan bolayotgan ogaylarcha munosabatdan, ularni hech kim himoya qilmayotganidan, xususiy klinikalarda kerakli asbob-uskunalar yoq, dori-darmon yoq, ular notogri davolaydi, deb kamsitilayotganidan taassuf bildirish bilan birga, davlat klinikalarida mutlaqo togri davolanildimi, u yerlarda kerakli hamma narsa bormidi, nega xususiy klinikalarga ham tavsiyalar, qollanmalar berilmadi? kabi haqli etirozlarni keltirmoqda.

Vaholanki, Ozbekiston Prezidentining 2020-yil 26-martdagi Ozbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga binoan, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga istisno tariqasida 2020-yil 1-sentabrga qadar tibbiy xizmat korsatishga ruxsat berilgan. Sogliqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bolimi malumotiga kora, poytaxtdagi faqat 7 ta xususiy klinika tegishli tartibda shartnoma imzolagan.

Shu orinda haqli savol tugiladi, bu jami xususiy klinikalarga nisbatan necha foizni tashkil etadi, mutasaddilar tomonidan mamlakat uchun shunday kritik holatda xususiy tibbiyot tashkilotlari qay darajada mazkur xizmatlarni korsatishlari uchun shartnoma tuzishga jalb etildi, ragbatlantirildi, imkoniyatlar yaratib berildi yoki jarayonga taklif etildi?!

Shuningdek, qayd etilgan qarorga kora, mutasaddilarga nodavlat tibbiyot tashkilotlari tibbiyot xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish hamda uni davolashning zamonaviy va samarali usullarini qollash yuzasidan amaliy konikmalarni orgatish, ularning bino-inshootlari dezinfeksiya vositalari bilan tizimli ravishda ishlov berilishini taminlash, dezinfeksiya tadbirlarini toliq amalga oshirish uchun yetarli miqdorda dezinfeksiya vositalari zaxirasini yaratish choralarini korish topshirilgan. Xosh, bu yonalishlarda qanday ishlar amalga oshirildi?!

Mazkur savollarga mutasaddilardan javob kutib qolamiz...

Ozbekistonning Fuqarolar sogligini saqlash togrisidagi qonuni 6-moddasida mutasaddilarga sogliqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni bir xilda ragbatlantiruvchi sharoitlar yaratish vazifasi yuklangan. 7-moddasida esa mamlakatda sogliqni saqlashning davlat va xususiy tizimlari yigindisidan iborat yagona sogliqni saqlash tizimi amal qilishi, shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan royxatga muvofiq bemorlarga 20 foizga qadar bepul tibbiy xizmat korsatishi va bu xizmatlar budjet hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

Xosh, yuqorida qayd etilgan qonun va qarorlarga mutasaddilar tomonidan tola amal qilinyapti, deya olamizmi?..

Mamlakatimizda pandemiya oqibatida yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyatda mutasaddilar sogliqni saqlash tizimining barcha boginlarini birdek korib, butun etiborni vaziyatni yaxshilashga qaratmoqdami? Xususiy klinikalar ham boshqalar qatori davlat loyihalariga taklif etilmoqdami, ular mamlakat sogliqni saqlash tizimini rivojlantirish jarayonlariga jalb etilmoqdami? Pandemiya sharoitida davlat tibbiyot tizimi ogir ahvolga tushib qolganda tizimning malum yukini oz zimmasiga olgan nodavlat tibbiyot muassasalari vakillari hukumat tomonidan qanday ragbatlantirilmoqda?

Albatta, ushbu yonalishlarda ham mutasaddilardan javob kutib qolamiz...

Ijtimoiy tarmoqlarda togri takidlanayotganidek, investorlar tomonidan yurtimizda tibbiyot muassasalari qurilib, zamonaviy tibbiyot texnologiyalari olib kelinishi, umuman, tizimga investitsiyalar jalb qilinishi sogliqni saqlashning davlat va xususiy tizimlari yigindisidan iborat yagona tizimning qay darajada taraqqiy etganiga bogliq.

Shuning uchun tegishli davlat organlaridan qoyilgan savollarga javoblar bilan birga, mamlakat tibbiyot tizimini soglomlashtirish boyicha taklif va tavsiyalar ham kutamiz.

Odiljon Iminov, Oliy Majlis Senatining Fan, talim va sogliqni saqlash masalalari qomitasi raisi

Avvalroq Sogliqni saqlash vazirligida COVID-19 infeksiyasini aniqlash va davolashda qatnashayotgan xususiy tibbiyot muassasalarining vakillari ishtirokida yigilish otkazilgan va undaxususiy tibbiyot tashkilotlarining koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bilan bogliq faoliyatiSSV tomonidan monitoring qilib borilishi, davolash standartlarini buzgan xususiy klinikalarga nisbatan qatiy choralar korilishi, ularning litsenziyalarini bekor qilish boyicha sudlarga davo arizalarining kiritilishieslatib otilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (11-08-2020, 13:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -