» » Mudofaa vazirligi harbiylari “Norindaryo” ko‘prigi qurib bitkazilgunga qadar aholi uchun vaqtincha ko‘prik ko‘tardi

Mudofaa vazirligi harbiylari “Norindaryo” ko‘prigi qurib bitkazilgunga qadar aholi uchun vaqtincha ko‘prik ko‘tardi


Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Namangan viloyatining Uychi hamda Norin tumanlari orasidagi daryo o‘zani uzra ko‘rik qurishga kirishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona halqa yo‘lining 93-kilometrida joylashgan ushbu ikki tumanni viloyat markazi bilan bog‘lab turuvchi “Norindaryo” ko‘prigida bundan 2—3 oy darz ketish alomatlari sabab harakatlar to‘xtatilgan. Mazkur ko‘prik 1962-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, qariyb 60 yilga yaqin vaqt davomida xalqqa xizmat qilib kelgan. Bugungi kunda minglab fuqarolar ishga, o‘qishga, bozorga hamda o‘zlarining boshqa ehtiyojlari yo‘lida daryoni qayiq orqali kesib o‘tib o‘tmoqda.

Mudofaa vazirligi ko‘prik bitgunga qadar aholiga qulaylik yaratish, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida vaqtinchalik ko‘prik qurishga kirishdi.

Ayni vaqtda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Muhandislik qo‘shinlari xizmatining bir guruh mutaxassislari maxsus texnikalar yordamida ko‘prikni qurish ishlarini amalga oshirmoqda. Daryo uzra qad ko‘tarayotgan ko‘prik uzunligi 40 metrni, eni esa — 3,8 metrni tashkil etmoqda.

Avvalroq Namangan viloyatining Norin tumanini viloyat markazi bilan bog‘lovchi “Norindaryo” ko‘prigi ta’miri 2020-yil sentabr oyida yakuniga yetishi to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют