» » Toshkent harbiy okrugi yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirildi

Toshkent harbiy okrugi yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirildi


Bugun, 11-iyun kuni tongda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan okrug qo‘shinlari yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining navbatdagi harbiy o‘quvlari harbiy okrug hududida bo‘lib o‘tadi. Taktik harakatlar Mudofaa vazirligi poligonlarida o‘tkazilib, u yerda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi hududiy boshqarma va bo‘linmalari bilan hamkorlikda jangovar vazifalar bajariladi.

“O‘quv mashg‘ulotlari davomida qo‘shinlarni turli yo‘nalishlarga tashlash ko‘zda tutilgan. Maxsus bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot aviatsiyasi yordamida tashlanadi. Qolgan bo‘linmalar esa avtomobil va zirhli texnikalarda katta masofalarga marsh uyushtiradi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati mamlakat fuqarolaridan kolonnalarning harakatiga xalaqit bermaslikni va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют