» » Xuddi qog‘oz kabi egiluvchan ekranga ega elektron kitob yaratildi

Xuddi qog‘oz kabi egiluvchan ekranga ega elektron kitob yaratildi


E Ink kompaniyasi “elektron siyoh”ga ega egiluvchan displeyni taqdim etdi. Bunda raqamli matnlar xuddi haqiqiy kitobdek tus olgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Bugungi kunda bozorda egiluvchan ekranli smartfonlarning bir nechta modellari mavjud — ushbu trend asta-sekin elektron kitoblarga o‘tmoqda, bu yerda mazkur texnologiya juda foyda beradi. “Elektron siyoh”li displeyni ishlab chiqaruvchi E Ink kompaniyasi kitobsevarlar uchun birinchi egiluvchan displeyni taqdim etdi.

Hozircha egiluvchan displeyga ega elektron kitob — faqatgina prototip. Unga “elektron siyoh”ga ega 10,3 dyuymli displey o‘rnatilgan bo‘lib, monoxrom matritsa quvvatni faqat tasvirlarning yangilanishi uchun sarflaydi. Ushbu ekran teng yarmidan buklanadi va oddiy qog‘oz kitob kabi ochiladi.

Hozirda displey Wacom stilusi yordamida tasvirlar chizishni qo‘llab-quvvatlaydi — undan turli qaydlar yoki chizmalarni chizishda foydalanish mumkin. Biroq egiluvchan E Ink ekraniga alohida yoritish tizimi joylashtirish imkoni bo‘lmagani sabab tashqi yoritish texnologiyasidan foydalanilgan.

Qolgan jihatlari bo‘yicha egiluvchan displey odatdagi displeylardan farq qilmaydi. Uning markaziy qismida kichik buklanish izi mavjud, biroq ochiq holatda u deyarli sezilmaydi.

E Ink kompaniyasi “elektron siyoh”li egiluvchan displeylar hozircha ommaviy ishlash chiqarish uchun tayyor emasligini ma’lum qilgan. Shu sababli bu kabi texnologiyalar savdosi boshlanishiga biroz vaqt bor.

Mavzuga doir: LG “rulon-smartfon” tayyorlamoqda. Qurilma ekrani korpusdan tortib chiqariladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют