» » AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik virusolog odamning ustiga xlor sepish koronavirusga qarshi himoyada samara bermasligini aytdi

AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik virusolog odamning ustiga xlor sepish koronavirusga qarshi himoyada samara bermasligini aytdi


Bloger Behzod Hoshimov YouTube’dagi “Hoshimov iqtisodiyoti” dasturida San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti professori, virusolog olim Sharof Tugizov bilan COVID-19’ning kelib chiqishi, tarqalishi va davosi haqida suhbat uyushtirdi.

Suhbat davomida Behzod Hoshimov O‘zbekistonda binolarning kirish qismida xlorli tunnellar qilinayotgani, YPX postlarida xlorli suv sepilayotgani ushbu chora koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda samara berish yoki bermasligi borasida suhbatdoshiga savol bergan.

“Xlor virusni o‘ldiradi. Lekin odamning ustiga xlor sepishning foydasi yo‘q, chunki virus og‘iz yoki burundan tashqariga chiqadi, tashqariga chiqqanidan keyin u tarqalib ketadi. Faqat bir metr atrofidagi masofadagi odam bilan muloqot bo‘lsa, virus yuqish ehtimoli yuqori, ikki metrdan keyin yuqish ehtimoli juda ham kam. 4-5 metrdan keyin yuqish ehtimoli umuman yo‘q.

Kiyim-boshning ustiga xlor sepilgan qanchalik samarali ekanini bilmadim. Ayniqsa, mashinaning ustiga. Mashina shinasining ustiga xlor bilan ishlov berish mumkin. Asfaltda yurgan vaqtingizda asfaltning yuzasiga odamlarning so‘lagi tushgan bo‘lishi, unda katta konsentratsiyadagi virus bo‘lishi mumkin. O‘shanda, balki, yordam berishi mumkindir”, – deydi uzoq yillardan beri AQShda yashayotgan virusolog.

Shuningdek, Sharof Tugizov antivirus, xlorli konsentratli himoya vositasi, virus blokatorlarini taqib yurish haqida berilgan savolga ham javob qaytargan.

“Bunday qurilmani hali ko‘rmadim. Lekin uning foydasi yo‘q. Uni taqib yurganingiz bilan xlor o‘zidan o‘zi aerozol bo‘lmaydi. Yana bir marta aytyapman, niqob juda katta ahamiyatga ega”, – deydi mutaxassis.

Mavzuga doir: Virus blokatorlar koronavirusga qarshi kurashda samarali emasmi? Mutaxassis javobi

Sharof Tugizov suhbat davomida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan va undan sog‘aygan odamning o‘pkasida surunkali asoratlar qolib ketishi mumkinligini aytdi. Olimning aytishicha, virus o‘pkada fibroz chaqiradi. O‘pkada bronxlarning o‘rniga fibroplastlarga o‘xshagan biriktiruvchi to‘qimalar paydo bo‘lib, bemor tuzalib ketganidan keyin ham o‘pkaning hajmi kichkina bo‘lib qoladi.

“O‘pka yaxshi ishlamagani uchun inson kalta nafas oladigan bo‘lib qoladi. Bu katta muammoni keltirib chiqaradi. Qon tomirlarining ichida endoteliy hujayralar bor, o‘shalar yallig‘lanadi. Bu boshqa organlar – yurak, buyrakda ham muammolar keltirib chiqaradi. Xullas, asoratlari qolishi mumkin”, – deya ta’kidlagan virusolog.

Mavzuga doir: “Virusdan himoya”: immunitet, karantin va koronavirus infeksiyasiga chalinish xavfining bog‘liqligi haqida immunolog bilan suhbat



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют