» » Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan qaysi sohalarga qancha pul sarflangani ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan qaysi sohalarga qancha pul sarflangani ma’lum qilindi


Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 11-avgust kuniga qadar jamg‘arma hisobiga jami 10 trillion so‘m kelib tushgan. Ulardan 9,87 trillion so‘mi xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, 123,5 milliard so‘m esa davlat budjeti hisobidan. Jamg‘armadan 7,8 trillion so‘m sarflangan.

Ijtimoiy soha

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan eng ko‘p mablag‘ mamlakat ijtimoiy sohasiga — jami 2,56 trillion so‘m (+0,4 trillion so‘m) yo‘naltirilgan. Bunda, mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan:

Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash

Mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 2 trln so‘m (+164 milliard so‘m) sarflangan. Ushbu mablag‘ning 500 milliard so‘mi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalariga, 401 milliard so‘m esa “O‘zbekneftgaz” AJga subsidiya sifatida, 250 milliard so‘m “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga va 150 milliard so‘m “Navoiyazot” AJga ssuda sifatida berilgan.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 300 milliard so‘m mablag‘ tuman budjetlariga yer maydonlaridan foydalanish uchun va 14 milliard so‘m kichik sanoat zonalari uchun ajratilgan.

Shu bilan birga, aviatsiya sohasiga jami 507 milliard so‘m sarflangan (406 milliard so‘m Uzbekistan Airways va 101 milliard Uzbekistan Airports’ga ssuda sifatida berilgan). Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 20 milliard so‘m ajratilgan.

Qolgan 40 milliard so‘m esa “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJning xarajatlarini qoplash uchun safarbar etilgan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hisobiga 1,8 trillion so‘m (+0,9 trillion so‘m) o‘tkazilgan. Ushbu summadan 530 milliard so‘m test tizimlari, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish uchun sarflangan.

358 milliard so‘m fuqarolarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarga va 110 milliard so‘m ularning ovqatlantirishga; 28 milliard so‘m jamoat joylarini dezinfeksiya qilish ishlariga, 10 milliard so‘m epidemiologik holat bilan kurashish bo‘yicha tadbirlarga sarflangan.

Bundan tashqari, karantin tadbirlari va koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun to‘lovlarga 597 milliard so‘m sarflangan. 11 milliard so‘m maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish uchun yaratilgan.

Shifoxonalarni qurish va jihozlash

Jami 816 milliard so‘m (+132 milliard so‘m) shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlash uchun sarflangan. Ushbu mablag‘ning 365 milliard so‘mi 10 ming o‘rinli maxsus shifoxonalar qurish uchun, 251 milliard so‘m 20 ming o‘rinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasini qurish uchun, 39 milliard so‘m Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlarida tashkil etiladigan maxsus shifoxonalar va vaqtinchalik karantinda saqlash majmualariga, shuningdek, 10 milliard so‘m diagnostika laboratoriyasi majmuasi rekonstruksiyasiga sarflangan.

Shuningdek, 29 milliard so‘m “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga, 27 milliard so‘m Toshkent viloyati Zangiota tumanila 2160 o‘rinli tibbiyot xodimlari uchun yotoqxona majmuasi qurilishiga, 15 milliard so‘m Namangan shahrida 120 o‘rinli tug‘riq majmuasi qurilishiga va 8 milliard so‘m Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tibbiyot birlashmasi qurilishi va rekonstruksiya ishlariga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan safarbar etilgan.

Suv ta’minoti va irrigatsiya tadbirlari

Xarajatlar qatorida 692 milliard so‘m (+90 milliard so‘m) suv ta’minoti va irrigatsiya tadbirlariga yo‘naltirilgan. Bunda ajratilgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan:

Eslatib o‘tamiz, Inqirozga qarshi jamg‘armasi Prezident koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar doirasida 2020-yilning mart oyida tuzilgan. May oyida jamg‘arma mablag‘larining 3,306 milliard so‘mi ishlatilgan bo‘lib, ularning aksariyati (1,4 trillion so‘m) iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют