» » Mercedes-Benz Sprinter modeli Maybach’dan ham qimmat turuvchi avtouyga aylantirildi (foto)

Mercedes-Benz Sprinter modeli Maybach’dan ham qimmat turuvchi avtouyga aylantirildi (foto)


Avtouylar yaratish va minivenlarni qayta jihozlashga ixtisoslashgan Midwest Automotive Design firmasi Mercedes-Benz Sprinter bazasidagi yangi Daycruiser 144 kemperini taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.

Mazkur kemper bozordagi boshqa takliflardan saloni hashamatli tarzda bezatilgani va ko‘plab qo‘shimcha qurilmalarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Mashina narxi 172,5 ming dollardan boshlanmoqda. Shu orqali u Mercedes-Maybach S-Class’dan ham qimmatroqqa aylangan.

Sprinter bazasida yaratilgan g‘ildiraklar ustidagi uyning uzunlik 7,3 metrga yetadi. Yashash qismini jihozlashda qimmatbaho materiallardan foydalanilgan: sifatli charm va tabiiy yog‘och. Ichki qismiga Maybach uslubidagi o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Standart kemper vanna va hojatxona, muzlatkich, mikroto‘lqinli pech, rakovina, shuningdek, bir yoki ikkita yig‘ma divan bilan jihozlangan.

Midwest Automotive Design yangi model uchun ko‘plab qo‘shimcha qurilmalarni taklif etadi, biroq uning uchun alohida pul to‘lash kerak bo‘ladi. Masalan, 2 ming dollar evaziga simsiz internet o‘rnatish, xuddi shuncha mablag‘ga televizor buyurtma qilish hamda 7,5 ming dollarga sun’iy yo‘ldoshli televideniyedan foydalanish mumkin.

Yana 11 ming dollarga “pnevmopodveska”, 3,7 ming dollarga esa yo‘ltanlamas pokrishkalari hamda 15 ming dollarga — to‘liq uzatmali tizimdan foydalanish mumkin. SiriusXM sun’iy yo‘ldosh radiosi, konditsioner va generatorni ixtiyoriy o‘rnatish taklif etiladi.

Mavzuga doir: Retro uslubdagi Toyota Chinook avtouyi kimoshdiga qo‘yildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют