» » O‘zbekistonda ijtimoiy masofani saqlagan holda spektakl, kino va konsertlarni o‘tkazishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda ijtimoiy masofani saqlagan holda spektakl, kino va konsertlarni o‘tkazishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda karantin cheklovlarini yumshatish doirasida teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari faoliyatiga va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Prezident matbuot xizmati tomonidan ta’kidlanishicha, yig‘ilishda televideniye va radioda madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar ko‘rsatuv va eshittirishlarni ko‘paytirish, ijtimoiy masofani saqlagan holda teatr, kino, konsert va boshqa tadbirlarni tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

“Karantin talablari yumshatilayotgan bo‘lsa-da, barchamiz ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga so‘zsiz amal qilishimiz, ilgari yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Xudoga shukur, hammamiz ham yetarli tajriba orttirdik. Ko‘pni ko‘rgan xalqimiz juda katta matonat va qahramonlik, tibbiy madaniyatini namoyon qilyapti. Temir intizom, qattiq chidam va sabr-toqat bilan biz, albatta, bu sinovlarni tez orada yengib o‘tamiz. Men bunga qat’iy ishonaman”, — deya ta’kidladi Prezident.

Shuningdek, yig‘ilishda 15-avgustdan avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, 17-avgustdan viloyatlararo qatnashga, 15-avgustdan 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat berilishi, 20-avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari yopilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют