» » Toshkentda avtomashinani foizsiz sotish sharti bilan 150 nafardan ortiq kishini aldab pullarini o‘zlashtirgan firma faoliyati fosh qilindi

Toshkentda avtomashinani foizsiz sotish sharti bilan 150 nafardan ortiq kishini aldab pullarini o‘zlashtirgan firma faoliyati fosh qilindi


Toshkentda avtomashinani foizsiz sotish sharti bilan fuqarolarni aldab, pullarini o‘zlashtirgan firma faoliyati fosh etildi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yilning mart oyidan buyon ushbu firma faoliyatidan 150 nafardan ortiq fuqaro shikoyat qilgan.

Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, 36 yoshli Otabek I. va 34 yoshli Mixail Sh. 2019-yilning 23-avgustida Shayxontohur tumanida lizing faoliyati bilan shug‘ullanish uchun “Auto Makon” MChJga asos solgan.

Firma xodimlari shartnoma tuzib, yangi avtomobil uchun deb mijozlardan aldov yo‘li bilan pul olgan. Rahbariyat esa uni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

“Auto Makon”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida 12-maydan boshlab qo‘yilgan ma’lumotga ko‘ra, mijozlarga avtomobillarni brendiga qarab hech qanday foizlarsiz, 36—48 oy davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan 20—25 foiz dastlabki to‘lovni amalga oshirgan holda sotib olish taklif qilingan. IIBB xabarida qayd etilishicha, shartnomada avtomobil yetkazib berilishi kerak bo‘lgan sana ham, qolgan pullarni to‘lash muddati ham ko‘rsatilmagan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan “Auto Makon” kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoiy ish qo‘zgatilgan.

Avvalroq 19,3 ming nafar fuqarolarning jami 54,3 milliard so‘m miqdordagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda ayblanayotgan “Avto 60 oy” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan sud ishi boshlangani xabar berilgan edi.

Shuningdek, “Avto rental” nomi ostida faoliyat yuritgan korxona qulay shartlarda, hech qanday foizlarsiz, 40 oy davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan yengil avtomobillar yetkazib berishni taklif qilib, 700 ga yaqin fuqarolarning ishonchiga kirgan va umumiy hisobda qariyb 3 milliard so‘m mablag‘ni o‘zlashtirib olgandi.

Mavzuga doir: Jizzaxda avtomashinani foizsiz sotish sharti bilan 3 mlrd so‘mdan ko‘p pulni o‘zlashtirgan firma faoliyati fosh qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют