» » Surxondaryo viloyatining 6 ta tumanida karantin cheklovlari yumshatildi

Surxondaryo viloyatining 6 ta tumanida karantin cheklovlari yumshatildi


Surxondaryo viloyatining epidemiologik vaziyat qoniqarli bo‘lgan Bandixon, Boysun, Qiziriq, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlarida karantin cheklovlari yumshatildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Jumladan, ushbu tumanlarda sanitariya talablariga qat’iy rioya qilgan holda,

Shuningdek, avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz tegishli hudud doirasida harakatlanishga, tumanlarga kirish-chiqishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (soat 07:00 dan soat 10:00 gacha va 18:00 dan 21:00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun ruxsat berildi.

Maxsus ruxsatnomalar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalari hamda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ayrim toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno.

Viloyatda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatilib boriladi.

Avvalroq Andijon, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda karantin choralari yumshatilgani haqida xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning barcha hududlarida 15-avgustdan avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, 17-avgustdan viloyatlararo qatnashga, 15-avgustdan 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga ruxsat beriladi, 20-avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют