» » Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020-yilda tuzilgan yirik bitimlar haqida ma’lumot berdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020-yilda tuzilgan yirik bitimlar haqida ma’lumot berdi


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bozor konsentratsiyasiga oldindan rozilik berish bo‘yicha 64 ta murojaatni ko‘rib chiqdi.

Shundan 14 tasi xo‘jalik yuirtuvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish yuzasidan, 50 tasi ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir murojaatlar hisoblanadi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi xorijiy investorlarga tegishli.

Qo‘mita tomonidan jami 1 trillion so‘mlik bitimlar tuzilgan. Shundan 47,3 foizi, ya’ni 479 milliard so‘mlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bitimlar orasida uchta eng yiriklari keltirib o‘tilgan.

“Motornaya kompaniya Astana-Motors” (Qozog‘iston) Hyundai Auto Asia MChJ QKning ustav fondidan 70 foiz ulushni sotib olmoqda. Astana-Motors kompaniyasining asosiy faoliyati avtomobillar realizatsiyasi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish hisoblanadi.

Singapurning Anglesey Investments PTE. Ltd. kompaniyasi Anglesey Food MChJ XKning ustav fondidagi 100 foiz ulushini sotib oladi. Ushbu kompaniyaning faoliyat turi ixtisoslashgan do‘konlarda boshqa yangi tovarlar chakana savdosi hisoblanadi.

Agromir Bukhara MChJ QK va “Agromir Chust” MChJ QKni “Agromir” MChJ QKga qo‘shib oladi.

Ayni bir ta’sischilarga ega bo‘lgan “Agromir” kompaniyalar guruhiga kiruvchi Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarning faoliyat turi meva va sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют