» » O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Telman Rajabov vafot etdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Telman Rajabov vafot etdi


O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Telman Rajabov vafot etdi, deb xabar bermoqda Fanlar akademiyasi.

Ma’lum qilinishicha, materialshunoslik fizikasi, ilmiy asbobsozlik va mikroelektron texnikasi sohasida tanilgan yirik olim, akademik Telman Rajabov 85 yoshida vafot etgan.

Qayd etilishicha, Telman Rajabov 1935-yil Samarqandda tug‘ilgan, Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1959). O‘zbekiston FA Yadro fizikasi institutida muhandis, kichik ilmiy xodim (1959—65-yillar), Fizika-texnika instituti (1969-yildan Elektronika instituti)da bosh muhandis, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1966—86-yillar) bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, u Ilmiy asbobsozlik markaziy loyihalash-konstruktorlik byurosi direktori (1986—92), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti) rektori (1992—98), shu universitet qoshidagi Markaziy Osiyo telekommunikatsiyalar o‘quv markazi direktori (1998—2001), o‘sha universitetda kafedra mudiri (1999-yildan) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasi, vakuum texnikasi va fizikasi, plazma fizikasi, kosmik kemalar va yo‘ldoshlarni faol elektrostatik muhofazalash, korroziyaga qarshi qoplamalar olish va maxsus ion manbalari yaratish, turli materiallar va qoplamalar sirtini fizik-kimyoviy modifikatsiyalash masalalari va boshqalarga doir.

Telman Rajabov rahbarligida xalq xo‘jaligi ehtiyojlari (meva va sabzavotlarni vakuumda sublimatsion usulda quritish, biologik preparatlarni liofil usulda quritish va boshqalar) uchun sanoat qurilmalari yaratildi. Akademik 2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Akademikning nima sababdan vafot etgani ma’lum qilinmagan.

Avvalroq O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti olimi Zokirjon Kanokov, akademik Sattor Tursunmuhammedov va professor Sobirjon Aminov vafot etgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют