» » “O‘tgan safar 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berganimizda, ko‘p joylarda bu cheklovga amal qilinmagandi” — Shavkat Mirziyoyev

“O‘tgan safar 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berganimizda, ko‘p joylarda bu cheklovga amal qilinmagandi” — Shavkat Mirziyoyev


Shavkat Mirziyoyev aholini to‘y o‘tkazishda belgilangan talablarga rioya etishga chaqirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti 12-avgustdagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

O‘zbekistonda karantin yumshatilishi asnosida, 15-avgustdan boshlab 30 kishilik to‘ylar o‘tkazilishiga ruxsat berilgan.

“Fuqarolarga o‘z uyida 30 kishilik oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishga ham ruxsat berishimiz lozim.

O‘tgan safar eslaringda bor, 30 kishilik ruxsatdan keyin ko‘p joylarda, ayniqsa, Toshkent shahrida — jumladan, boshqa joylarda ham — 70, 100, 150 kishi bo‘lib ketganidan keyin zararlanishning katta xavfi paydo bo‘ldi.

Shuning uchun ushbu to‘y-marosimlar belgilangan tartiblarga amal qilgan holda o‘tkazilishi zarur. Albatta, to‘y qiladigan odam mahalla bilan maslahatlashadi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, 15-avgustdan boshlab avtotransportda kun davomida harakatlanishga, mahalliy aviareyslar va temiryo‘l qatnovlariga ham ruxsat beriladi. Shu kundan boshlab ochiq havoda xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish obyektlari ham ochiladi; sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi, canatoriylar faoliyati tiklanadi. 17-avgustdan boshlab esa, jamoat transporti (metropolitendan tashqari) harakati tiklanadi, hududlar o‘rtasida avtotransport qatnovi va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi.

20-avgustdan e’tiboran buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo do‘konlari ochiladi, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda to‘ylarni 30 kishilik tartibda o‘tkazishni doimiy saqlab qolish taklif qilindi

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan boshlab mamlakatda to‘ylarni o‘tkazish yana taqiqlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют