» » Sergelida onasi va 3 oylik chaqalog‘i bilan yerto‘lada yashagan 24 yoshli ayolga senatorlar vaqtinchalik uy topib berdi

Sergelida onasi va 3 oylik chaqalog‘i bilan yerto‘lada yashagan 24 yoshli ayolga senatorlar vaqtinchalik uy topib berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida yashab kelayotgan oila haqida videolavha tarqaldi.  Videoda ko‘chada qolgan ona yordamga muhtoj bo‘lib, Sergeli tumanidagi “Yangi Choshtepa” mahallasi O‘zar ko‘chasi 14-uy yerto‘lasida uch oylik chaqalog‘i va onasi bilan birga yashab kelayotgani aks etgan. Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmurotov hamda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nosirbek Abdullaxonov mazkur masalani joyiga chiqib o‘rgandi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1996-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan fuqaro A.I. poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida doimiy ro‘yxatda turadi. Biroq uyi yo‘qligi sababli onasi U.I. bilan birga ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser nazoratida turadigan opasi N.P.ning Sergeli tumanidagi “Yangi Choshtepa” mahallasi O‘zar ko‘chasi 14-uyida istiqomat qilgan.

Bir xonali uyda yashab turgan paytda yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchilik sabab opasi ularni uyidan haydab yuborgan. Oqibatda u uch oylik farzandi va onasi bilan yerto‘lada yashab turishga majbur bo‘lgan.

A.I. Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligiga va boshqa bir qator tegishli idoralarga murojaat qilgan. Ammo hech qanday natija bo‘lmagan.

Senatorlar bu masala yuzasidan MFY raisi, mahalla faollari, profilaktika inspektori va boshqa mutasaddilar bilan suhbatlashdi hamda ularga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

“A.I.ning muammosi qonuniy ko‘rib chiqilishi uchun ma’lum muddat talab etilishi tabiiy. Shu bois, unga hozirda vaqtinchalik yashab turishi uchun ushbu hududdagi xonadonlardan birida sharoit yaratildi va ijara haqi to‘lab berildi. Mazkur masala senatorlar tomonidan nazoratga olinib, ijobiy hal etiladigan bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shomurotov vazifasidan ozod etildi

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 30-iyuldagi farmoniga muvofiq pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari (“temir daftar”)ga kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam puli berilishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga Qurbon hayiti arafasida 1 million so‘mdan moddiy yordam tarqatilishi ta’kidlangan edi. Moddiy yordam pullarini tarqatish vaqtida Sergeli tumani aholisi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. 1-avgust kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu mojaro sabab mahallaga borib aholi bilan uchrashgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют