» » Toshkent shahri chegaralarini ozgartirish rejasi qayta korib chiqiladi

Toshkent shahri chegaralarini ozgartirish rejasi qayta korib chiqiladi


Toshkent shahri va Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hududlarini ozgartirish loyihasi qayta korib chiqiladi. Bu haqda Ozbekiston hukumati va poytaxt hokimligidagi axborot manbalariga tayanib, Gazeta.uz xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ozaro chegaradosh bolgan tumanlari hududlarini ozgartirish boyicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishgandi. Prezident matbuot xizmati aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10196 gektar yer maydoni otkazilishi rejalashtirilayotgani haqidaxabar bergandi.

Qurilish vaziri Botir Zokirov poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan bir qismi, shuningdek, Mirzo Ulugbek tumani tarkibidagi Ulugbek shaharchasini Toshkent viloyati hududiga otkazish taklif etilayotganinimalum qilgan.

Toshkent shahrining hududlari ozgarishi moljallanayotgan mahallalari aholisi ushbu taklifga qarshi chiqqan. Xususan, Uchtepatumani vaUlugbekshaharchasi aholisi ularning yashash hududlari Toshkent viloyati tarkibiga otkazilishiga norozilik bildirgan. Uchtepa va Sergeli tumanlarida aholi kochaga yigilib, mutasaddilardan izoh talab qilgan.

Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev aholi bilan uchrashuvda shahar chegaralarini ozgartirish taklifi hali loyiha ekanini takidlab, ushbu masalani Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxojayev bilan muhokama qilishga vada bergan.

11-avgust kuni poytaxt hokimi bilan bolib otgan uchrashuvda ishtirok etgan Orikzor mahalla fuqarolar yigini raisi aholiga videomurojaatida hududning bir metri ham Zangiota tumaniga otmaydi, dedi. Gazeta.uz muxbiriga bergan intervyusida u mazkur malumotni tasdiqlagan va loyiha kechiktirilganini aytgan.

Nashrning Toshkent shahar hokimligi va hukumatdagi manbalari loyiha qayta korib chiqilishini tasdiqlagan, ammo buning qachon amalga oshishi va qanday ozgarishlar bolishi hozircha nomalum.

Qurilish vazirligining bildirishicha, ozgartirish loyihasi Toshkent hokimligi tomonidan tayyorlangan. Poytaxt mamuriyatidan rasmiy izoh olishning iloji bolmagan.

Gazeta.uzning yozishicha, Oliy Majlis Senati 7-avgust kuni Ozbekiston Respublikasining mamuriy-hududiy tuzilishi togrisidagi qonunni maqullagan. Prezident tomonidan imzolanishi kerak bolgan mazkur qonunga kora, viloyat boysunuvidagi shaharlar, Toshkent shahri tumanlari va viloyatlar tumanlarining chegaralarini ozgartirish hokimlar sorovi asosidagi Vazirlar Mahkamasining taklifi bilan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.

Tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimi Vazirlar Mahkamasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Qonunga kora, Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda hokimning sorovini korib chiqishi va uni maqullashi yoki rad etishi kerak. Sorov maqullangan taqdirda, hukumat 10 kun muddatda parlamentga korib chiqish uchun hujjatlar bilan birga shahar, Toshkent shahri tumani yoki viloyat tumanining chegaralarini ozgartirish haqidagi taklif hamda Qonunchilik palatasi va Senat qarorlari loyihalarini kiritadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-08-2020, 22:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -