» » Yunusobodda haydovchilarga soxta ruxsatnoma tayyorlagan bosh shifokor qo‘lga tushdi

Yunusobodda haydovchilarga soxta ruxsatnoma tayyorlagan bosh shifokor qo‘lga tushdi


Toshkent shahri Yunusobod tumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori fuqarolarga noqonuniy ravishda maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib bergani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga zid ravishda 22 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga karantin vaqtida erkin harakatlanish uchun soxta ma’lumotnoma tayyorlab, maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib bergani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Avval Andijon viloyatida karantin vaqtida respublika bo‘ylab erkin harakatlanish huquqini beruvchi “yashil” yo‘lak ruxsatnomasini soxtalashtirgan bir guruh shaxslar qo‘lga olingani, Sirdaryo viloyatida Sardoba suv toshqinidan keyin evakuatsiya qilingan aholi uchun mo‘ljallangan nooziq-ovqat mahsulotlarini soxta hujjat orqali talon-toroj qilish holatlari kuzatilganligi aniqlangani, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “O‘zstandart” agentligi sobiq xodimi eski tanishlarini aldab 32,7 million so‘m pulini olgani hamda evaziga soxta hujjatlarni haqiqiy deb ishontirib ketgani fosh qilingani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 41) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют