» » Namanganda aholidan toza ichimlik suvi uchun yig‘ilgan 190 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Namanganda aholidan toza ichimlik suvi uchun yig‘ilgan 190 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi


Namangan viloyati Mingbuloq tumanida aholidan ichimlik suvi uchun yig‘ilgan pullarni talon-toroj qilgan sobiq mansabdor shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada tumandagi “Toza ichimlik suv” UK sobiq mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan toza ichimlik suvi uchun aholidan yig‘ib olingan 190 million so‘m naqd pul mablag‘larini tegishli bank kassasiga topshirmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avval Namanganda bog‘chani ta’mirlash jarayonida 173,2 million so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganlarga jinoyat ishi ochilgani, Surxondaryoda Xalq ta’limi bo‘limi hisobchisi o‘qituvchilarning 355,3 million so‘mlik mablag‘larini o‘zlashtirgani, Andijonda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi mansabdorlari ishlamagan xodimlarga pul yozib, 239 million so‘m o‘zlashtirgani va Chilonzorda mahalla raisi va bandlik inspektori ishsizlarga ajratilgan 36 million so‘mni talon-toroj qilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют