» » “Bavariya” himoyachisi: “Messining muxlisi bo‘lganman, endi esa unga qarshi o‘ynayman. Orzum ushaldi”

“Bavariya” himoyachisi: “Messining muxlisi bo‘lganman, endi esa unga qarshi o‘ynayman. Orzum ushaldi”


“Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messiga qarshi o‘ynayman. Bunga aqlbovar qilmaydi. Rostini aytsam, nima deyishni bilmayman. Orzum ushaldi.

Kecha onam qo‘ng‘iroq qildi, shu vaqtda otam suhbatga qo‘shildi. U menga shunday dedi: “Shunda sen sevimli futbolchingga qarshi o‘ynaysanmi?” Men “ha” deb javob berdim. Ikkalamiz ham kulib yubordik. Biz buni tasavvur ham qila olmasdik. Otam bolaligimdan Messining muxlisi bo‘lganimni bilardi. Endi esa men unga qarshi o‘ynayman. Bu juda zo‘r.

Bolaligimdan men uning o‘yinlarini doimiy ravishda kuzatib kelaman. Endi esa uni to‘xtatishga harakat qilishim kerak. Bu butunlay boshqacha hikoya bo‘ladi. O‘zimga keladigan bo‘lsak, men shunchaki o‘z futbolimni o‘ynashga harakat qilaman, hech narsani o‘zgartirmayman. U bilan kurashda eng yaxshi fazilatlarimni ko‘rsataman degan umiddaman. Uning ajoyib o‘yinchi ekanligini hamma biladi.

Bu aqlbovar qilmas o‘yin bo‘ladi. Maydonga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman. Ishonamanki, hamma ushbu uchrashuvni intizorlik bilan kutmoqda.

Alfonso Devis, “Bavariya” futbolchisi

“Barselona” va “Bavariya” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 14-avgustdan 15-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют