» » AQShning O‘zbekistondagi elchisi Bobomurod Abdullayevning hibsga olinishidan xavotirdaligini bildirdi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Bobomurod Abdullayevning hibsga olinishidan xavotirdaligini bildirdi


AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum jurnalist Bobomurod Abdullayevning Bishkekda hibsga olingani haqidagi xabarlardan xavotirdaligini bildirdi.

“Men Qirg‘iziston rasmiylari O‘zbekiston hukumati talabiga binoan o‘zbek jurnalisti Bobomurod Abdullayevni hibsga olgani haqidagi xabarlardan qattiq xavotirdaman. Biz uning ishini diqqat bilan kuzatmoqdamiz”, — deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.

Rozenblyum ikki mamlakat hukumatlarini jurnalistning harakat erkinligini hurmat qilishga va Qirg‘iziston orqali tanlangan joyga ketishiga ruxsat berishga chaqirdi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil dekabr oyida Konstitutsiya kunidagi nutqida va undan keyin ham ommaviy axborot vositalari erkinligi va jurnalistlarning huquqlari to‘g‘risida bir necha bor so‘zlagan. AQShda erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari amaldagi demokratiyaning ajralmas qismi ekanligiga qo‘shiladi”, — deb ta’kidlagan u.

Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 8-avgust kuni Qirg‘iziston poytaxtida qo‘lga olindi. Hozirda jurnalistni O‘zbekistonga topshirish masalasi hal qilinmoqda. Bishkek sudi uni 8-sentabrgacha hibsga oldi.

11-avgustda Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) Qirg‘iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevni ozod qilish va uning erkin ishlashiga sharoit yaratish yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Amnesty International Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro birlashmasi (IPHR), Freedom House va yana boshqa huquq himoyachilari tashkilotlari Qirg‘iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevni ekstraditsiya qilmaslik yuzasidan qo‘shma bayonot yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют