» » Qoraqalpog’istonda mast haydovchi Nexia’da ikki bolani urib yubordi. Bolalar voqea joyida vafot etdi

Qoraqalpog’istonda mast haydovchi Nexia’da ikki bolani urib yubordi. Bolalar voqea joyida vafot etdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida 13-avgust kuni spirtli ichimlik ta’siridagi Nexia-2 mashinasi haydovchisi velosipedda ketayotgan ikki nafar bolalarni katta tezlikda uirb ketib, ularning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 13-avgust kuni soat 14:45 da Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4R 181 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.Q. Nexia-2 mashinasini mast holda, yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, ushbu yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.

Natijada 2009-yilda tug‘ilgan R.G. va velosiped yo‘lovchisi, 2010-yilda tug‘ilgan Sh.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura tomonidan “Daryo”ga ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan 13-avgust kuni Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan Sh.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Toshkentda 19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt’ning beton to‘siqqa urilishi oqibatida bir yo‘lovchi, Labo’ning reklama ustuniga urilishi natijasida ham bir yo‘lovchi halok bo‘lgandi. Buxoroda nosoz “Moskvich” ariqqa tushib ketishi oqibatida ikki kishi vafot etgandi. Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokidagi YTH ikki yo‘lovchining umriga zomin bo‘lgandi. Sirdaryoda ikki Nexia to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют