» » Navoiyda Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvida 7 kishi halok bo‘ldi

Navoiyda Nexia va yuk mashinasi to‘qnashuvida 7 kishi halok bo‘ldi


2018-yil 10-oktabr kuni soat 01:20 atrofida Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 “Qiziltepa—Karmana” yo‘lining 188-kilometrida Nexia mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan SHAANXI SX rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

YTH oqibatida 7 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi. Ularning barchasi Nexia haydovchisi va yo‘lovchilaridir.

Halok bo‘lgan fuqarolar:

G‘afur Rahmatov, 1985-yilda tug‘ilgan;

Intizor Jo‘rayeva, 1986-yilda tug‘ilgan;

Zarnigor Jo‘rayeva, 1991-yilda tug‘ilgan;

Fayoz Shaxriyorov, 1987-yilda tug‘ilgan;

Asadbek G‘ulomov, 2010- yilda tug‘ilgan;

Shoxrux G‘ulomov, 2013-yilda tug‘ilgan;

Firdavs Sobirov, 2016-yilda tug‘ilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 13:27)
+1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 105) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют